Buxoro viloyatida zilzila sodir boʻldi.

31-avgust kuni soat 14:58 da Buxoro viloyatida zilzila yuz berdi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi xabar qildi.

Toshkentdan 504 km janubi-gʻarbdagi epitsentrda zilzila magnitudasi 3,8 ballga teng boʻldi, chuqurligi 10 kilometrni tashkil etdi.

Zilzila sezilgan tumanlar:

  • Gazli shahrida 3 ball, 18 km

  • Peshkoʻ tumanida 2 ball, 35 km

  • Jondor tumanida 2 ball, 47 km.