Oliy sud Ibrohimbek qörboşini oqladi. «Laqaylik Robin Gud» tarixi
|18:06 / 29.08.2021124 11714 min
1931 yil avgust oyida istiqlol kuraşçisi, «bosmaçilar» harakatining eng maşhur yetakçisi Ibrohimbek Çaqaboyev sovet hukumati duşmani sifatida bolşeviklar tomonidan otib taşlandi. Oradan 90 yil ötgaç, Özbekiston Respublikasi Oliy sudi uni oqladi. Uşbu maqolada «Laqaydan çiqqan Robin Gud», «Laqaylik Napoleon» laqabini olgan qörboşi haqidagi ma'lumotlarni umumlaştirişga, uning hayoti va faoliyatiga nazar solişga harakat qilamiz.
Ibrohimbek qörboşiIbrohimbek qörboşi
Dala qömondoni, qörboşi Ibrohimbek sovet tarixiga «bosmaçilar harakati»ning eng maşhur yetakçisi sifatida kirgan. U ötgan asrning 30-yillarida sovet hukumatiga qarşi qurolli kuraş olib borgan.
Köp yillar davomida u sovet kinosining eng asosiy «zolim»laridan va sovet adabiyotining antiqahramonlaridan biri - «bosmaçi» sifatida gavdalangan. Ba'zilar uçun u murosasiz duşman bölsa, boşqalar uçun istiqlol kuraşçisi timsoli edi.
Ibrohimbek yillar davomida sovet hukumatiga qarşi kuraşdi. Söngra, qarşilik körsatiş va uruşni davom ettiriş befoyda ekanini tuşunib, taslim böldi. Hibsga olindi va otib taşlandi. Oradan 90 yil ötgaç sud tomonidan oqlandi.
Ibrohimbek laşkarlari (foto RIA-Novosti)
Kuraşning boşlanişi
Ibrohimbek 1889 yilda Buxoro amirligi tarkibiga kiruvçi Duşanbe şahri yaqinidagi Köktoş qişloğida tuğilgan. Uning otasi Çaqaboy özbeklarning laqay uruğiga mansub, öz qişloğining oqsoqoli, ba'zi ma'lumotlarga köra, Buxoro armiyasida töqsabo (polkovnik) yoki amirlik amaldorlaridan edi.
Ibrohimbek 1,5 yil davomida madrasada öqiydi. Özining tan olişiça, öqişni biroz biladi, ammo yozişni örgana olmaydi.
1920 yili Turkistonda sovet hukumati örnatiladi. Buxoro amiri Said Olimxon taxtni taşlab, Afğonistonga qoçadi.
Yangi hukumat ma'muriy binolar yöqligi tufayli madrasalar, masjidlar va boşqa jamoat joylarini egallay boşlaydi. Aholining ğamlab qöygan oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-keçagi armiya ehtiyojlari bahonasida tortib olinadi. Uy-joylar va boşqa bostirmalarning yoğoç qismlari buzib olinib, ötin sifatida işlatiladi. Qarşilik qilişga uringanlar surgun yoki qatl etiladi.
Oqibatda, 1921 yil bahorida Şarqiy Buxoroda (Hisor, Qörğontepa, Kölob, Qorategin, hozirgi markaziy va janubiy Tojikiston) mahalliy qabila boşliqlari va diniy ulamolar rahnamoligida qizil armiya va sovet hukumatiga qarşi qözğolon boşlanadi. Isyon yetakçilari barça qabila va qavmlarni duşmanga qarşi kuraşib, vatanni ozod qilişga, istiqlol bayroği ostida birlaşişga, Said Olimxonni taxtga qaytarib, amirlikni tiklaşga çaqirişadi.
Laqay uruği vakillari ham Ibrohimbekning qaynotasi Abduqayum Parvonaçi boşçiligida qözğolonçilarga qöşilib, inqilobçilar va sovet hukumatiga qarşi kuraşni boşlaydi. Ammo tez orada qömondon betob bölib qoladi. Qaynotasining örnini esa yoş Ibrohimbek egallaydi.
Aynan uning boşçiligida laqayliklar qözğolonçilarning yetakçi guruhiga aylanib olişadi. Ibrohimbek Vaxş daryosi qirğoği, Duşanbe atrofi va Hisordagi janglarda ğalaba qozonib, mohir qömondon sifatida obro‘ orttiradi. Uning rahbarligida Qorategin, Darvoza, Baljuvon, Kölob va Jilikölda sovet hukumati bartaraf qilinadi.
Qizil armiya askarlari (Foto: Georgiy Zelma / RIA Novosti )
Duşanbe voqealari
1921 yilda Ibrohimbek Duşanbeni qamal qiladi. Şaharni qizil armiyaning 7-öqçi polki tarkibidagi 2ta garnizon jangçilari himoya qilişayotgandi.
Uzoq vaqt davom etgan qamal sovet askarlari sillasini quritib, oçlik, turli kasalliklar, suv va dori yetişmovçiligini keltirib çiqaradi. Natijada, Buxoro Xalq Respublikasi Markaziy ijroqömi raisi Usmon Xöjayev va RSFSR konsuli Nagorniy Duşanbega yetib kelib, Ibrohimbek bilan sulh tuzişga majbur bölişadi.
Qizil armiya jangçilari Duşanbeni zudlik bilan tark etişadi. Qörboşi esa amalda Şarqiy Buxoroning tölaqonli hokimiga aylanadi.
Ammo bu qaror notöğri ekanini qörboşi tez orada bilib oladi. Şu yil kuz oylarida qizil armiya katta kuç töplab Şarqiy Buxoroga qaytadi va qözğolonçilarni tor-mor etadi. Ibrohimbek jangçilari bilan Afğonistonga çekinişga majbur böladi.
Buxoro Xalq Respublikasi xaritasi. Qizil çiziqlar bilan Şarqiy Buxoro ajratib körsatilgan.
Anvar Poşoning kelişi va u bilan ziddiyat
Buxoro amiri Said Olimxon Afğoniston poytaxti Kobulda qönim topgan bölsa-da, Ibrohimbek bilan doimiy aloqa örnatib, uni qöllab-quvvatlab turgan. 1922 yili u qörboşiga kömak beriş maqsadida turkiyalik maşhur harbiy qömondon Anvar Poşoni Şarqiy Buxoroga yuboradi.
Biroq, Anvar Poşoning ozodlik harakatini birlaştirib, unga özi rahbarlik qilişga urinişi Ibrohimbekka yoqmaydi. Turkiyalik qömondon qisqa muddat davomida bir qança ğalabaga erişgan bölsa-da, qörboşi uni qöllab-quvvatlaşdan boş tortadi. Avgust oyida Anvar Poşo qizil armiyaga qarşi jangdagi mağlubiyatda askarlarining katta qismidan ajralib, Afğonistonga çekinayotganida halok böladi.
Afğonistonga köçib ötiş
1922 yilda Ibrohimbek laşkarlari bilan Afğonistonga, Xonobod qişloğiga köçib ötadi. U Hisorda qörboşilar qurultoyini ötkazib, ularning yetakçisiga aylanib oladi.
Ibrohimbekning köp sonli jangçilari oilalari bilan Afğoniston şimoliga, Aliobod, Toluqon, Xonobod, Çordara va Oqtepaga örnaşib olişadi. Qörboşi bu joylarni öz laşkarlarining ta'minot bazasiga aylantirib, sovet hukumatiga qarşi muntazam hujum uyuştirişda tayanç nuqtasi sifatida foydalanadi.
1924-1925 yillarda Ibrohimbek Şarqiy Buxoroga yangi yurişlarni uyuştirgan bölsa-da, muvaffaqiyat qozona olmaydi. 1926 yil yozida qizil armiya tomonidan tor-mor etilib, yana Afğonistonga çekinadi.
Afğoniston hukumati bilan ziddiyatlar
Afğoniston amiri Muhammad Nodirşoh Ibrohimbek laşkarlarining şimoliy hududlarda qönim topişini mamlakat yaxlitligiga tahdid sifatida körgan. Bu bejiz emas edi.
Sovet razvedkasi ma'lumotiga köra, Ibrohimbek Afğoniston şimoli-şarqida mustaqil özbek-tojik davlatini tuzib, Said Olimxonni taxtga kötariş rejasini tuzgan. Buni amalga oşiriş maqsadida 1930 yili Qatoğon va Badaxşon viloyatlarida şohga qarşi xalq qözğolonlarini boşlagan.
Bu voqealar va sovet hukumati diplomatiyasi Nodirşohni kutilmagan qarorga majburlaydi. 1930 yil yozida u qizil armiya mamlakatning şimoliy hududlariga kirib, qörboşiga qarşi yuriş qilişiga rozi böladi.
Oqibatda Yakov Melkumov qömondonligidagi sovet jangçilari Afğonistonga kirib, bosmaçilarning tayanç bazalarini yakson qiladi. Ibrohimbek esa toğli hududlarga qoçib, yaşirinişga majbur böladi.
Qörboşining tirik qolganidan ğazablangan Nodirşoh 1930 yil kuzida uning ortidan öz armiyasini yuboradi. Harbiy harakatlar keng miqyosda ötkazilsa-da, mahalliy hukumatga samara bermaydi. Toğli hududlarda özini suvdagi baliqdek his qiladigan qörboşi laşkarlari nafaqat omon qolişgan, balki tez orada avvalgi mavqeini tiklab olişgan.
Qizil armiya afğon yurişida
Ikki frontdagi janglar
Ibrohimbek afğonistonlik özbeklar va tojiklar kömagida qisqa vaqt içida 2,5 ming kişilik yangi laşkar töplaydi. Eron va Afğoniston hududidagi qörboşilarni birlaştirişga urinadi. Şuningdek, SSSR hududiga bostirib kirişga köp marta harakat qiladi. Ammo, bir vaqtning özida Nodirşoh tomonidan unga qarşi yuborilgan puştun jangçilari bilan töxtovsiz kuraşişga majbur böladi.
Harbiy yurişlarda mahoratini toblagan Ibrohimbek puştunlarga osonlikça qaqşatqiç zarbalar beradi. Qisqa vaqt içida şoh armiyasi 3 mingdan ortiq jangçisidan ayriladi, qörboşi Rustak, Çohi-ob, Toluqon, Imom-Sohib qişloqlariga öz noiblarini tayinlaydi.
Nodirşoh janglarda mağlub bölgaç, qörboşini tinçitiş uçun Said Olimxonni işga solib ham körgan. Sobiq amir Ibrohimbekka qurolni taşlab, Kobulga yetib kelişni taklif etgan. Evaziga şimoliy viloyat hokimligini va'da qilgan.
Ibrohimbek bu taklifni haqorat va tuzoq deb qabul qiladi. Qabiladoşlari va ittifoqdoş turkman qörboşilari bilan maslahat qilib, taklifni rad etgan.
Buxoroning sönggi amiri Said Olimxon (foto S. M. Prokudin-Gorskiy)
Qörboşining kuçsizlanişi
Afğon armiyasining ketma-ket mağlubiyatlari ortidan Nodirşoh Angliyadan yordam söraydi. Inglizlar «Afğon Robin Gudi»ni bartaraf qiliş uçun Kobulga katta miqdorda moliyaviy mablağ ajratib, qurol-yaroğ bilan ta'minlaşadi. Armiya puştun va hazor qabilalari jangçilari bilan kuçaytiriladi.
Afğon harbiylari sovet hukumati ta'qibidan qoçib, şimoliy hududlarga örnaşib olgan, Ibrohimbekdan panoh topgan özbek, tojik va turkmanlarga qarşi qirğin boşlaydi. Qişloqlar vayron qilinadi, uylar talanadi. Oqibatda, mamlakat şimoli (özbek, tojik, turkmanlar, Qatoğon va Badaxşon viloyatlari) va janubi (asosan puştunlar) örtasida millatçilik ruhidagi ziddiyat kuçayadi.
Afğon armiyasining muntazam ravişda mablağ, qurol-yaroğ va jangçilar bilan ta'minlanişi öz mevasini beradi. 1931 yil mart oyida Afğoniston mudofaa vaziri Mahmudxon Toluqon qişloği yaqinida Ibrohimbekning katta guruhiga qaqşatqiç zarba berib, 315 jangçisini yöq qiladi. Qörboşi esa Xonobodni tark etib, çegaraga çekinadi. Xonobodda markaziy hokimiyat tiklanadi. Mahmudxon qörboşining asirga tuşgan 35 jangçisini omma oldida qatl etadi.
Ibrohimbek turkman qörboşisi Qizil Oyoqdan kömak sörab, laşkar töplab, zudlik bilan Xonobodga qaytişni rejalaştiradi. Biroq, afğon hukumati bilan maxfiy kelişuvga erişgan Qizil Oyoq yordam berişni istamaydi. Bu qaror Ibrohimbek va Nodirşoh qarama-qarşiligi taqdirini uzil-kesil hal etib, qörboşini halokatga mahkum qiladi.
Afğon jangçilari (foto Regnum)
Sönggi yuriş
1931 yilning mart oyi örtalariga kelib, şoh armiyasi va puştun qabilalari Ibrohimbek laşkarlarini butun şimol böylab ta'qib qilişadi, hatto, nafas rostlab olişga imkon berişmaydi.
Uni qöllab-quvvatlab turgan mahalliy aholi ham töxtovsiz janglardan çarçab, özini çetga oladi. Yolğiz qolgan qörboşining kuç va imkoniyati nihoyasiga yeta boşlaydi.
Ibrohimbek şimolga, Amudaryo qirğoğiga qaytişga majbur böladi. Uning oldida ikki yöl bor edi: daryoni keçib ötib, sovet hukumatiga qarşi kuraşni davom ettiriş, ammo zarur paytda Afğonistonga çekiniş imkoniyatidan mahrum böliş yoki Afğonistonda qolib, şoh hukumatiga qarşi ma'nosiz uruş olib boriş.
Qörboşi Kaptarali qişloğida laşkarlarini töplab, maslahat qiladi.
«Sovet hududiga ötamiz, u yoqda esa köramiz, agar aholi yordam bersa, kuraşni davom ettiramiz. Agar yordam bermasa, taslim böliş haqida muzokara ötkazamiz», deydi u (Ibrohimbek Çaqaboyevga nisbatan oçilgan №123469 jinoyat işi, 36-sahifa).
Qörboşining bu qarorini tuşuniş mumkin, u xorijdagi dindoşlari bilan qirpiçoq böliş uçun emas, balki vatan ozodligi yölida kuraşga otlangan askar edi.
«Meni afğonlar emas, bolşeviklar öldira qolsin», deydi u va 1931 yil aprel oyida 1,5 mingga yaqin jangçisi bilan Şarqiy Buxoroga qaytadi.
Ibrohimbekning muvaffaqiyatga oz bölsa-da umidi bor edi. U sönggi yillarda kolxozlaştiriş siyosati oqibatida zarar körgan va sovet hukumatiga xusumati bor mahalliy aholining yordamini kutgandi.
Biroq, unday bölib çiqmadi. 1931 yil yoziga kelib, qizil armiyaga qarşi kuçlar teng bölmagan janglarda Ibrohimbek köplab odamlaridan ayriladi. Ba'zi ma'lumotlarga köra, 1224 jangçisi öldirilgan, 75 nafari asir olingan, 314 jangçi qurolini taşlab, taslim bölgan.
Asirga olingan Ibrohimbek qizil askarlar qurşovida
Asirlik va qatl
1931 yil 23 iyun kuni Kofarnihon daryosini keçib ötişda Ibrohimbekning holdan toygan askarlari qizil armiyaning Muqum Sultonov boşçiligidagi maxsus guruhi pistirmasiga duç keladi. Qörboşi jangda yaralanib, asirlikka olinadi. Uni qölga olişda maşhur özbek generali Sobir Rahimov ham iştirok etgan va keyinçalik qizil yulduz ordeni bilan taqdirlangan.
42 yoşli Ibrohimbek maxsus soqçilar nazoratida Toşkent şahriga olib ketiladi. 1931 yil 31 avgust kuni sovet hukumati duşmani sifatida oliy jazoga – ölimga mahkum qilinadi. Jazo zudlik bilan amalga oşirilib, otib taşlanadi.
Hibsga olingan Ibrohimbek Toşkentga jönatiliş arafasida. (Stalinobod, hozirgi Duşanbe, 1931 yil)
Sud va reabilitatsiya
2021 yil 25 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Oliy sudida mustabid sovet davrida qatağon qilingan 115 nafar şaxsni oqlaş yuzasidan 6ta jinoyat işi qayta körib çiqildi.
Ularning orasida Ibrohimbek va uning 15 nafar izdoşiga aloqador iş ham bor edi. Oliy sud mazkur jinoyat işi sud tomonidan körib çiqilmagani, jinoyat işida sud hukmi yoki bayonnomasi mavjud emasligini aniqladi va Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan Ibrohimbek va u bilan birga otib taşlangan 15 nafar şaxsni oqlaş haqida hukm çiqardi. Ularning ismi-şarifi: Abduqayum Parvonaçi Ulayev, Eşon Isoxon Mansurxonov, Alimardon Dodhoh Muhamedov, Sulayman Salohiddinov, Kör Ortiq Aşirov, Mulla Niyoz Parvonaçi Hakimov, Mulla Ahmadbey Saidov, Toşmat Xöja Berdiyev, Azim Marka Ostonaqulov, Quvganbek Şeraliyev, Şohasan Imonqulov, Mirzaqayum Çerov, Quvgan Kenjayev, Olot Polvon Elmirzayev, Eşon Polvon Bahodirzoda.
Ibrohimbek kim?
Ibrohimbekni katta harbiy-siyosiy harakat yetakçisi deyiş muşkul. U şunçaki «ijtimoiy kuraşçi» edi. Qörboşi özida qaşşoq, ezilgan va aldangan aholining erkinlik, qahramonlik va adolatga bölgan köp asrlik intilişini mujassamlaştirgan. Ommaviy safarbarlik tölqini ta'sirida kötarilib, dehqonlarça sustkaşlikka, itoatkorlik va harakatsizlikka qarşi çiqqan.
Mustamlakaçilarga qarşi ozodlik harakati (sovet talqiniga köra «bosmaçilik») Amudaryo qirğoqlari va Hindukuş etaklarida «qizil inqilob» olovini öçira oldi, garçi öz oldiga bunday maqsadni qöymagan bölsa-da. Mana şu jihati bilan jahon tarixida muhim iz qoldirdi.
Ammo isyonçilarning Markaziy Osiyoni ozod qilişga qöşgan hissasi amalda katta bölmadi. Bu harakat ozodlik va mustaqillik kabi qadriyatlarning borligini körsata oldi, biroq bunga qanday erişişni bilmas edi.
Ibrohimbek va izdoşlarining oqlanişi uning şaxsi va faoliyatini çuqurroq örganiş uçun tarixçilarga yangi imkoniyatlar taqdim etişiga şubhalanmasa ham böladi. Umid qilamizki, u haqdagi qissaga hali sönggi nuqta qöyilmadi.