Rossiyadan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (Belarus, Qozoğiston, Armaniston va Qirğiziston) mamlakatlari, şuningdek, Ozarbayjon, Tojikiston va Özbekistonga 1 mln rubldan ortiq miqdordagi naqd pulni olib çiqişni taqiqladi. Bu böyiça Vladimir Putinning tegişli farmoni qabul qilindi.
Yuridik şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa miqdoridan qatʼi nazar yuqorida nomi keltirilgan mamlakatlarga naqd pul olib çiqa olmaydi. Taqiq ham Rossiya rubliga ham belgilangan miqdordan ortiq ekvivalentdagi boşqa xorijiy valyutalarga tatbiq etiladi.
Ekspertlarning fikriça, uşbu çora Rossiya içki bozoridan naqd pul mablağlarining nazoratsiz çiqib ketişini kamaytiriş va moliyaviy barqarorlikni taʼminlaş maqsadida qabul qilingan.
Yuqoridagi tartib Rossiya orqali röyxatga kiritilgan davlatlarga boruvçi yölovçilar va mehnat muhojirlaridan naqd pul olib yurişda yanada eʼtiborli bölişni talab etadi. Taqiq buzilgan taqdirda, pullar musodara qilinadi. Yuridik şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan töliq hajmda, jismoniy şaxslardan esa ruxsat etilgan bir million rubllik limitdan ortiq qismi olib qöyiladi.
Şu bilan birga, farmonda ayrim istisnolar ham közda tutilgan. Çeklovlar yuridik şaxslarning naqd pulni tranzit taşişiga va Rossiyaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini taʼminlaş uçun rubl olib çiqişiga tatbiq etilmaydi.







