Şayxontohur tumanidagi Çaqar mahallasida «Obod mahalla» dasturi doirasida daraxtlar kesilib, yölaklar va asfalt buzilgan, biroq işlar çala qoldirib ketilgan. Bu esa çang-tözon va xavfsizlik muammolarini keltirib çiqarmoqda. Aholi işlar yakunlanişi va yaşil hududlar tiklanişini söramoqda. Mahalla raisi keçikişni issiq havo va moliyaviy muammolar bilan izohlagan, tuman hokimligi esa işlar davom etayotganini bildirgan.
«Buzib qöyib, taşlab ketiş yaxşi emas»
Mahalla aholisidan biri avvalgi şaroitni eslar ekan, hududni obodonlaştiriş işlari boşlanişidan oldin ham ayrim kamçiliklar bölganini, biroq bugungiday noqulayliklar kuzatilmaganini aytdi. Uning sözlariga köra, mahallada daraxtlar köp, bolalar öynaydigan joylar mavjud, asfalt yöllar esa yaxşi holatda bölgan.
«Bu yerda bolalar öyingohlari bor edi. Daraxtlar juda köp edi. Köp daraxtlar kesilib ham ketdi. Asfaltlarimiz yaxşi edi. Hozir hamma yoqni buzişgan, uylar çangga tölyapti. Ayniqsa, yoz oylarida juda qiynaldik. Mayli, sabr qilaylik, iş bitib qolar, deb kutdik. Lekin iş yurmadi. Taxminan bir oy oldin ayrim blogerlarga murojaat qildik. Ular kelganidan keyin biroz harakat böldi. Hokimiyatdan kelib, ikki oy içida çiroyli qilib tugatamiz, ertadan 60–70 nafar odam işga tuşadi, deb vaʼda berişdi. Lekin tört-beş kişi kelgan böldi, keyin yana jimlik. Işning natijasi körinmayapti» , - deydi murojaatçi.
«Hammasi aldaydi, faqat aldaydi»
Yana bir murojaatçi quriliş işlarining bir neça kun davom etib, keyin yana töxtab qolişidan norozi. Uning aytişiça, işçilar kelib hududni ölçaydi, biror işni boşlagandek böladi, keyin esa uzoq vaqt körinmay qoladi.
«Heç qaçon bunday şaroitga tuşamiz, deb öylamagan edik. Hammasi aldaydi, faqat aldaydi. Törtta odam kelib ölçadi. Men ulardan: “Bolam, işlaysizlarmi?” deb söradim. “Ha, işlaymiz”, deyişdi. Lekin keyin ular ham yöqolib qoldi. Har kuni vaʼda, har kuni aldaş. Yana qişgaça qolib ketadi, deb qörqyapmiz», - deydi u.
Aholi orasida quriliş hududida qoldirilgan armatura va boşqa quriliş materiallari sababli yiqilib tuşiş holatlari ham tez-tez uçrayotgani aytilmoqda. Bu esa, ayniqsa, hududda öynaydigan bolalarning xavfsizligi borasida xavotirlarni kuçaytirmoqda.
«Şayxontohur tumani hokimining örinbosari kelib, zudlik bilan töğrilab beraman, deb vaʼda berib ketdi. Lekin bunaqa bölmaydi. Heç kim biz bilan şuğullanmayapti. Bu qaçongaça davom etadi? Qaçongaça bolalarni bemalol pastga tuşirib, nabiralarimiz bilan aylanolmaymiz? Bolalar uçun juda xavfli. Körib turibsizlar, toşlar yotibdi. Zinalar oldidan tuşganda armaturalar bor. Bolalarning özini qöyib yuborolmaymiz. Bolalar toşlarni otişadi, çangda yiqilişadi. Özimiz ham yiqilib, jarohat oldik » - deya norozilik bildirdi murojaatçi.







