Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev xalqaro şartnomani tasdiqlaş töğrisidagi qarorini imzoladi. Unga köra, Özbekiston Respublikasida Rossiya Federatsiyasining oliy ta'lim böyiça ta'lim muassasalari filiallarini taşkil etiş va ularning faoliyat yuritişi töğrisida hukumatlararo bitim tasdiqlandi.

«Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Özbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro şartnoma kuçga kirişi uçun zarur bölgan davlat içki tartib-taomillari bajarilgani töğrisida tegişli bildirişnoma yöllasin.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegişli vazirlik va idoralarning rahbarlari uşbu xalqaro şartnoma kuçga kirgandan keyin Özbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilişi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlasinlar», deyilgan hujjat matnida.

Eslatib ötamiz, 2018 yilning 19 oktabr kunida, Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning Özbekistonga taşrifi doirasida Özbekiston Respublikasi oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov va Rossiya Federatsiyasi fan va oliy ta'lim vaziri Mixail Kotyukov Özbekiston Respublikasida Rossiya Federatsiyasining oliy ta'lim böyiça ta'lim muassasalari filiallarini taşkil etiş va ularning faoliyat yuritişi töğrisida hukumatlararo bitim imzolangandi.