Agar Nuvakot tumanidagi maktab direktori Rajendra Davadi boʻlmaganda, qurbonlar soni hozir ancha koʻp boʻlishi mumkin edi. 

Davadi maktabda boʻlgan vaqtida doʻstlaridan suv toshqini boshlangani haqida xabar olgan, orada otalardan biri kelib mkatbadan qizini olib ketmoqchiligini aytgan. Direktor vaziyat oʻta jiddiyligini darhol tushungan va evakuatsiyaga kirishgan. 

Oʻsha vaqtda maktabda 900 ga yaqin oʻquvchi boʻlgan, yana 700 nafar oʻquvchi esa darsga kelayotgan yoki maktabga yaqinlashib qolgan avtobuslarda edi. Davadi tezda haydovchilarga qoʻngʻiroq qilib, avtobuslarni ortga qaytarishga erishgan. Maktabdagi oʻquvchilar esa xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan.

Davadi uning uchun doʻstining qoʻngʻirogʻi hal qiluvchi rol oʻynaganini aytadi.

“Agar biz 10 daqiqa kech qaror qabul qilganimizda, bugun, barchamiz - oʻquvchilar va men ham siz bilan gaplasha olmasdik”, - deydi Davadi The Guardian bilan suhbatda.

Shuncha odam qutqarib qolinganiga qaramay hozirda maktabning ikki nafar xodimi bedarak yoʻqolgan deya hisoblanmoqda. Ulardan biri oʻqituvchi Santos Pariyor boʻlib, u evakuatsiya qilinishni xohlamay, daryo boʻyida ijaraga olgan xonasiga ketgan va hozirgacha topilmagan. Qorovul Sulton Lama esa bolalar evakuatsiya qilinganidan soʻng maktab eshiklarini yopish uchun borib, qaytib kelmagan.