Xitoy rasmiylari Himolay mintaqasidagi köçki va suv toşqinlaridan keyin Tibet hududida 23 davlatning 261 nafar çet el fuqarosi bedarak yöqolganini maʼlum qildi. Tibetning özida esa qurbonlar soni 16 kişiga yetdi.

2026-08-30 12.01.12
Foto: Reuters

Xitoyning Tibet avtonom viloyati rasmiylari bedarak yöqolgan xorijliklarning eng köpi – 104 nafari Nepal fuqarolari ekanini bildirdi. Şuningdek, Hindistonning 49 nafar, Latviyaning 33 nafar, AQŞning 18 nafar fuqarosi va 15 nafar britaniyaliklar ham bedarak yöqolganlar qatorida. Pekin rasmiylari xorijiy diplomatik vakolatxonalarni bu holatdan xabardor qilgan.

2026-08-30 12.01.15
Foto: Reuters

Çorşanba kuni muzlikning qulaganidan beri Xitoy tomoni ilk bor bedarak yöqolganlarning fuqaroligi böyiça batafsil maʼlumot berdi. Şanba oqşomiga kelib Gyirong okrugida 16 kişi halok bölgan va jami 546 kişi bedarak yöqolgan.

Nepalda esa qurbonlar soni ortib bormoqda

Nepal favqulodda vaziyatlar boşqarmasi maʼlumotlariga köra, çegaraning ularga qaraşli qismida kamida 734 kişining jasadi topilgan. Şuningdek 2 498 kişi bedarak yöqolgan, ularni qidiriş işlari uçun qariyb 20 ming nafar qutqaruvçilar va harbiylar safarbar etilgan. Bugunga qadar 7 514 kişi qutqarilgani aytilmoqda.

2026-08-30 12.01.08
Foto: Reuters

Reuters’ning yozişiça, Nepal umumiy qutqaruv işlari uçun xorijiy yordamga ehtiyoj yöqligini bildirmoqda. Biroq Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Lok Bahodur Çxetri, mamlakat - tunnellar içidagi qutqaruv işlari, jasadlarni saqlaş uçun muzlatkiçli kameralar va DNK testlari ötkaziş kabi yönalişlarda yordamga muhtoj ekanini aytgan.

2026-08-30 12.01.26