Dam oliş kunlari Özbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda Özgidromet.

Faqat respublikaning ayrim toğoldi va toğli hududlarida, şuningdek, juma kunduzi va 26-sentabrda keçasi Farğona vodiysi viloyatlari böyiça baʼzi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi kutilmoqda, momaqaldiroq bölişi mumkin.

Juma kuni Toşkent viloyatining ayrim joylarida kunning ikkinçi yarmida biroz qisqa muddatli yomğir yoğişi ehtimoli bor.

Havo haroratining asta-sekin pasayişi davom etadi. Harorat bugun kunduzi +26…+30 darajani taşkil etadi, janubiy hududlarda +31…+33 darajagaça böladi, şanba va yakşanba kunlari asta-sekin +22…+25 darajagaça, janubda +27…+30 darajagaça pasayadi. Havo harorati keçalari +9…+14 daraja böladi.

Şamol şarqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 26–27-sentabrda şimolda va çöl hududlarda baʼzi joylarda 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.

Toşkent şahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan özgaruvçan böladi. Juma kunining ikkinçi yarmida biroz qisqa muddatli yomğir yoğişi mumkin, şanba va yakşanba kunlari yoğingarçilik kutilmaydi.

Harorat asosan keçalari +11…+14 daraja, kunduzi 25-sentabrda +26…+28 daraja böladi, dam oliş kunlari asta-sekin +23…+25 darajagaça pasayadi. Şamol şarqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.