Prezident Şavkat Mirziyoyev şaharlar, tuman markazlari hamda aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxşilaş maqsadida «Yaşil makon» umummilliy loyihasini amalga oşirişga bağişlangan videoselektorda 10 dekabrga qadar daraxt ekiş böyiça «dolzarb 40 kunlik» e'lon qilinişini ma'lum qildi.
«Şaharlar, tuman markazlari hamda aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxşilaş maqsadida «Yaşil makon» umummilliy loyihasini puxta tayyorgarlik körgan holda boşlaymiz.
Uşbu loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta köçatlarini ekiş va şu orqali şaharlardagi yaşil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oşirişni reja qilganmiz.
Bunda, loyihani amalga oşiriş uçun zarur taşkiliy çoralar, texnikalar, irrigatsiya tarmoqlari va boşqa infratuzilma bilan ta'minlaş, daraxtlarni parvariş qiliş hamda moliyaviy manbalar kabi masalalar hal qilib beriladi», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Uşbu umummilliy loyihani amalga oşiriş böyiça yangi taşkiliy tizim joriy qilinadi.
«Bunda har bir taşkilot, har bir fuqaro öz örnini topişi kerak. Uşbu ekiş işlarini töğri taşkil qiliş uçun, birinçi navbatda mavjud va yangidan barpo etiladigan yaşil maydonlar hududining egasi tuman (şahar) hokimi qarori bilan belgilab beriladi.
Biriktirilgan mas'ullar mavjud daraxtlarni parvarişlaş bilan birga, uşbu hududni obod holda saqlaş uçun ham javob beradi.
Şu maqsadda, bugundan boşlab 10 dekabrga qadar daraxt ekiş böyiça «dolzarb 40 kunlik» e'lon qilinadi», degan davlat rahbari.







