Rebil kommunasida yashovchi fuqaro oʻz hovlisida yangi terrasa qurish uchun yer qaziyotib, sopol idish va uning atrofida sochilib yotgan metall buyumlarga duch kelgan. U dastlab belkuragi biror eski toʻsiq qoldigʻi yoki sopol boʻlaklariga urilgan deb oʻylagan. Biroq qoʻllari bilan qazishni davom ettirib, kumush taqinchoqlar, tangalar va quymalarni topadi.

Shimoliy Yutlandiya tarixiy muzeyi vakillariga koʻra, topilma X asrda kumushning qanday ishlatilgani va vikinglar boyliklarini qanday saqlaganini tushunish uchun muhim ahamiyatga yega. Kumush quymalar idish ichida ogʻirligiga qarab joylashtirilgan. Bu ularning qiymati ham hisobga olinganini koʻrsatishi mumkin.

Xazina tarkibida arab va angla-sakson tangalari ham bor. Angliya tangalari qirol Eduard hukmronligi davrida - 899–924-yillarda zarb qilingan. Arab tangalari ham X asrda muomalada boʻlgan. Shu sababli olimlar xazinani X asrga oid deb hisoblamoqda.