Daniya Mudofaa vazirligi ma’lum qilişiça, mamlakat mudofaa vaziri Yyeppe Brus va Farer orollari taşqi işlar hamda baliqçilik vaziri Bardur a Steyg Nilsen hamkorlikni kuçaytiriş va orollarda hamda ular atrofida harbiy faollikni joriy yildan boşlab kengaytirişga kelişib olgan.
Tomonlar kelişuviga muvofiq, Daniya Qurolli kuçlari Farer orollari va ularga tutaş hududlardagi iştirokini mahalliy hokimiyat bilan hamkorlikda bosqiçma-bosqiç va davriy tarzda oşiradi.
Yyeppe Brusning ta’kidlaşiça, bu qaror Daniya qirolligi öz hududining barça qismlari xavfsizligi uçun mas’uliyatni jiddiy qabul qilayotganini namoyon etadi. Uning sözlariga köra, mazkur çoralar Arktikadagi umumiy mudofaa salohiyatini oşiriş böyiça keng qamrovli dasturning bir qismi bölib, NATO faoliyatiga ham hissa qöşadi.
Daniya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga köra, kengaytirilayotgan faoliyat Daniya Qurolli kuçlari va Farer orollarining dengiz çegaralarini muhofaza qiluvçi VØRN xizmati örtasida qöşma maşğulotlar ötkaziş, NATOning dengiz operatsiyalarini qöllab-quvvatlaş, F-35 qiruvçi samolyotlari iştirokida havo patrullarini amalga oşiriş, şuningdek, fregatlar va transport samolyotlarini jalb qilişni öz içiga olişi mumkin.
Farer orollari vaziri Bardur a Steyg Nilsen xavfsizlikka oid barça taşabbuslar mahalliy hokimiyat bilan yaqin hamkorlikda işlab çiqilişi va amalga oşirilişi muhimligini ta’kidladi.
Ma’lum qilinişiça, harbiy faollik Daniyaning Arctic Endurance maşğulotlari doirasida amalga oşiriladi va NATO rahbarligidagi Arctic Sentry operatsiyasi bilan muvofiqlaştiriladi.
Bloomberg agentligi qayd etişiça, bu qaror Grenlandiyada Daniya harbiy iştirokini sezilarli darajada oşirganidan keyin qabul qilinmoqda. Sönggi oylarda Kopengagen u yerda harbiylar sonini, maşğulotlar kölamini va texnika hajmini köpaytirgan.
Daniyaning TV 2 telekanali ma’lumotiga köra, mamlakat hukumati Rossiya tomonidan Yevropa xavfsizligiga nisbatan harbiy tahdid saqlanib qolayotgani haqida ogohlantirmoqda. Şuningdek, 2022-yilda Daniya va Farer orollari Streymoy orolida yirik radiolokatsiya majmuasini qurişga kelişgan. Uni 2030-yil atrofida işga tuşiriş rejalaştirilgan bölib, majmua Atlantika okeanining şimoliy qismidagi havo va dengiz harakatini, jumladan Rossiya samolyotlari hamda kemalarini kuzatiş imkonini beradi.
Farer orollari Daniya tarkibidagi avtonom hudud hisoblanadi. Şimoliy Atlantika okeanida joylaşgan arxipelag 18 ta vulqon orolidan iborat.












