Toşkent şahrida 2025–2026-öquv yilida maktablardagi öquvçi örinlari tanqisligi 141 mingtani taşkil etdi. Bu haqda poytaxtda mahallalarni obodonlaştiriş, yangi maktab va boğçalar quriş hamda şahar muhitini rivojlantirişga qaratilgan loyihalar taqdimotida maʼlum qilindi.

Keyingi beş yilda öquvçilar soni 71 mingtaga (14 foiz) köpayişi hisobiga 2030-2031 öquv yiliga borib, tanqislik 212 mingtaga yetişi mumkin. Şu jihatdan 2030-yilgaça respublika byudjeti hisobidan 48 mingta, mahalliy byudjet hisobidan 78 mingta yangi öquvçi örni yaratiş rejalaştirilgan. Natijada maktablarning yuklamasi hozirgi 1,4 koeffitsiyentdan 2030-yilda 1,2 gaça pasayadi, deyiladi taqdimotda.

Şuningdek, 2026–2027-öquv yili uçun jami 38 ming örinli 24 ta yangi maktab loyihasi tayyorlangan. Ularning umumiy maydoni 64,6 ming kvadrat metrni taşkil etadi.

Şaharda 3-7 yoşli bolalar soni 253 mingtani taşkil etadi. Ularning maktabgaça taʼlim bilan qamrovi 79,2 foiz, boğçalardagi örinlar tanqisligi esa 65 mingta. Şu bois, 2030-yilgaça respublika byudjeti hisobidan 8 mingta, mahalliy byudjet hisobidan 32 mingta qöşimça boğça örni yaratiş rejalaştirilmoqda. Natijada 2030-yilda qamrov 92 foizga yetkaziladi. 2026-2027-öquv yili uçun esa umumiy maydoni 32 ming kvadrat metr bölgan, jami 16 ming örinli 28 ta yangi boğçaning beş turdagi loyihalari tayyorlangan.