Hollivud aktyori Jonni Deppning rafiqasi Ember Xyord ajraşiş uçun ariza bergan. Bu haqda TMZ öz manbasiga asoslanib xabar tarqatdi.
Nikohni bekor qiliş böyiça murojaat 23 may kuni berilgan. Aktrisa öz turmuş örtoği bilan munosabatlardagi "hal qilib bölmas" tuşunmovçiliklar yuzaga kelgani va Deppdan aliment talab qilişi haqida bildirgan.
Ajraşiş böyiça hujjatda aktrisa Depp bilan 22 may kuni, ya'ni uning onasi vafotida 2 kun ötganidan keyin janjallaşib qolgani keltirilgan.
Jonni Depp va Ember Xyord 2011 yili "Rum kundaligi" filmi suratga oliş jarayonida tanişib qolişgan. Ularning unaşuv marosimi 2013 yilning dekabrida bölib ötgan, 2015 yilning fevralida esa ular aktyorning Los-Anjyelesdagi uyida rasman nikohdan ötişgan.







