Bugun, 27 sentabr kuni Toşkent axborot texnologiyalari universitetida (TATU) kadrlar almaşinuvi yuz bergan. Bu haqda universtitet vakili kun.uz saytiga xabar berdi.

Manbaning ma'lum qilişiça, universitet jamoasi yangi rektor Tölqin Teşaboyev bilan taniştirilgan.

Endilikda şu yilning 8 fevralida universitet rektori sifatida iş boşlagan Ötkir Hamdamov örniga Tölqin Teşaboyev tayinlangan.

Tölqin Teşaboyev ilgari Kasaba uyuşmalari Federatsiyalari Kengaşi raisining örinbosari lavozimida işlagan. Muqaddam esa öquv işlari böyiça prorektor sifatida faoliyat körsatgan.

Toşkent axborot texnologiyalari universiteti Özbekistondagi telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlovçi markaz hisoblanadi. Universitetning Farğona, Urganç, Qarşi, Samarqand, Nukus şaharlarida filiallari mavjud. Oliygoh 1955 yilda Toşkent elektrotexnika aloqa instituti sifatida taşkil etilgan. 2002 yilda universitet maqomini olgan va Toşkent axborot texnologiyalari universiteti deb nomlana boşlangan.

Universitet saytidagi ma'lumotga köra, universitet va uning filiallarida 10242 nafar talaba tahsil oladi. Oliygoh 26ta xorijiy davlatning 42 universitet, 8 ilmiy-tadqiqot markazi, 12 korxona va taşkilotlari bilan hamkorlik örnatgan.