Ma'lumki, dunyo millionerlarining 30 foizidan ortiğini axborot kommunikatsiyalari va texnologiyalari bilan şuğullanuvçi kişilar taşkil etadi. Özbekistonda ham zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarga qiziquvçi yoşlar juda köp. Ularni sohaga qiziqtiriş, motivatsiya beriş maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi tomonidan qator loyihalar amalga oşirilmoqda.

Yil boşida mamlakatimiz prezidenti huzurida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi rahbarlarining hisobotida axborot-tahliliy internet kanalini yaratiş vazifasi belgilab quyilgan edi. Uşbu internet kanalini taşkil etişdan maqsad axborot texnologiyalaridan foydalaniş könikmalarini oşiriş va tarğib qiliş, milliy internet segmentini xolis va işonçli axborot bilan ta'minlaş, davlat manfaatlarini himoya qiliş, axborot xurujlariga qarşi «Jaholatga qarşi ma'rifat» tamoyili asosida yagona tizimni yaratiş hisoblanadi.

Foto: IT-Life

Uşbu vazifani bajariş maqsadida ham «IT-Life» nomi ostida yangi internet kanal taşkil etildi va joriy yilning 10 martidan boşlab uşbu kanalning sinov efiri işga tuşirildi.

Bugungi kunda onlayn telekanal öz faoliyatini mustaqil ravişda boşqarib kelmoqda. Ötgan vaqt mobaynida kanalning ijodiy guruhi tomonidan axborot kommunikatsiyalari va texnologiyalari sohasiga oid 50dan ortiq körsatuvlar, 10dan ortiq ijtimoiy sörovnomalar, köplab hujjatli film va qisqa metrajli mediamahsulotlar, şuningdek, turkum lavha va reportajlar tayyorlandi. Jumladan, qonunçilik vakillari iştirokidagi «Tet-a-tet» körsatuvida axborot kommunikatsiyalari va texnologiyalari mavzusiga doir köplab suhbatlar taşkillaştirildi.

Foto: IT-Life

Ayni damda «Men dasturçiman», «Peşqadam yoşlar», «Gazetalar şarhi» singari köplab turkum körsatuvlar tayyorlab kelinmoqda. Ulardan maqsad − yoş dasturçilarni qöllab-quvvatlaş, zamonaviy texnologiyalarga oid yangi işlanmalarni ommaga taniştiriş, tomoşabinlarning axborot kommunikatsiyalari va texnologiyalari sohasiga bölgan qiziqişlarini oşiriş hamda yoşlarning bilim va salohiyat darajasini yuksaltiriş hisoblanadi.