Said Otaliq madrasasi qulamoqda...
Denovdagi Said otaliq madrasasi ancha ayanchli ahvolga kelib qolgan, u qulash arafasida, deyiladi «Oila davrasida» gazetasidagi maqolada (2019-yil, 2-son).

Jurnalist Ulug‘bek Jumayevga ko‘ra, obidaning ustidan muttasil suv o‘tgani yetmagandek, devorlari yemirilib, kundan-kunga cho‘kib bormoqda. Yomg‘ir obida ichiga uzluksiz ravishda tushib, uni vayrona holga keltiryapti.

«Aslida uch halqali bo‘lgan qo‘rg‘onning bugun bir halqasining yarmi ham qolmagan. Yaqin atrofdagi aholi chiqindini ham shu yerga tashlab ketadi.
Madrasa XVI asrda Xoja Alouddin Attorga atab qurilgan bo‘lib, bu zot Bahouddin Naqshbandning kuyovlari hisoblanadi.Inshoot u kishining o‘g‘illari va nevaralari tomonidan 26 yil davomida qurib bitkazilgan. Ilgari binoning ro‘parasida xuddi shunga o‘xshash imorat bo‘lgan ekan. Lekin u sho‘rolar zamonida imi-jimida buzib yuborilgan, qadimiy g‘ishtlari esa temir yo‘l vokzalidan boshlab to hozirgi hokimiyat binosiga qadar cho‘zilgan yo‘lga to‘shab chiqilgan...

Ammo Said Otaliq madrasasining ham sovetlar qo‘lidan omon qolganiga hech bir maqtangulik holi yo‘q. Binoning ayrim hujralarda ovqat pishirilib, obida devorlarida tutun izlari esdalik bo‘lib qolmoqda», – deb yozadi u.


Muallif Ulug‘bek Jumayevning so‘zlariga qaraganda, bundan yigirma yillar muqaddam Samarqand va Buxorodan kelgan ustalar bu obidani ta'mirlash ishlarini boshlashgan. Bunga obida peshtoqidagi qurilishdan darak berib turgan temir havozalar ham isbot bo‘ladi. Ammo negadir ish chala qolib ketgan. To hanuzgacha havozalar o‘z joyidan bir qadam bo‘lsa-da siljimay zanglab yotibdi.
Ma'lumot uchun, Kun.uz'da Abdulazizxon madrasasining bugungi kundagi ahvoli to‘g‘risida maqola e'lon qilingandan so‘ng, madrasaning kelgusi taqdiri bo‘yicha rasmiy izoh berilgandi. Ta'kidlanishicha, Abdulazizxon madrasasida 2019 yilda ta'mir ishlarini ishlari amalga oshirish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Buxorodagi xususiy bog‘chada 1,5 yoshli bola tok urishidan vafot etdi
O‘zbekiston | 18:36
-
Myanmadagi zilzila: tirik qolganlar xarobalar ostidan chiqarib olinmoqda, ammo yuzlab kishilar bedarak ketgan
Jahon | 18:20
-
Rossiya bosh prokuraturasi «Tolibon» faoliyatiga ruxsat berishni so‘radi
Jahon | 18:19
-
Tramp Finlandiyadan muzyorar kemalar sotib olmoqchi
Jahon | 18:15