Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi joriy öquv yilida köp özgarişlar bilan oliy ta'lim muassasalariga kiriş imtihonini taqdim etgandi. Aslida özgarişlar haqida prezident Şavkat Mirziyoyev 2017 yildayoq gapirgandi.
«Men özim testga qarşiman. Test bölsa ham kompyuterda topşiradi. Öşa kuni bahosini olib ketadi. Natijani kutib yuradimi? Bu yil test imtihonlari qattiq böldi. Bundan keyin ijodiy imtihon olinadigan oliy öquv yurtlarida test bölmaydi», — degandi davlat rahbari.
Kutilganidek, 2018/19 öquv yili OTM kiriş imtihonlarida test sinovlarining javobi bir kunda e'lon qilindi. Test sinovlarining özi esa naq 15 kun davom etdi. Bunga qanday erişildi, degan tabiiy va asosli savol paydo böladi. Quyidagi omillar test sinovlarini boşqaça taşkil etişga ta'sir qilgan bölişi mumkin:
* Alohida iqtidor talab etiladigan madaniyat, san'at, dizayn, tasviriy va amaliy san'at, musiqiy ta'lim, san'atşunoslik, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi ta'lim yönalişlarida test sinovlari bölmadi;
* Davlat test markazi xodimlarining soni keskin köpaytirildi va test javoblari varaqçalarini tekşiradigan qöşimça uskunalar sotib olindi;
* Xorijiy tilni biliş darajasini aniqlovçi standartlaştirilgan ayrim test natijalari kiriş imtihonlari uçun haqiqiy deb tan olindi.
Davlat test markazi oldiga qöyilgan asosiy vazifa – test sinovlarini ötkaziş jarayoni imkon qadar şaffof bölişiga erişiş bölgandi. Aslida ham şunday böldimi? Yöq. Ayrim holatlarda kuzatuvçi sifatida rasman e'tirof etilgan jamoatçilik vakillari, ayniqsa jurnalistlar ham test sinovlari ötkazilayotgan binoga yaqinlaştirilmagan vaziyatlar

















