2018-2019 öquv yilida abituriyentlar hujjatlari Toşkent davlat yuridik universitetida qabul qilinmaydi, yangi öquv yilidan boşlab universitet bakalavriat ta'lim yönalişiga öqişga kiriş uçun hujjat topşiriş Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining tuman va şaharlarda faoliyat olib borayotgan 201ta davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oşiriladi.
Abituriyentlar 15 iyun – 15 iyul kunlari davomida davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilgan holda Toşkent davlat yuridik universiteti bakalavriat ta'lim yönalişiga öqişga kiriş uçun hujjat topşirişlari mumkin. Davlat xizmatlari markazlari tomonidan hujjatlarni qabul qiliş xizmati bepul amalga oşiriladi.
Abituriyent doimiy röyxatda turgan joyidan qat'i nazar özi xohlagan tuman yoki şaharlardan birida faoliyat olib borayotgan davlat xizmatlari markazlariga murojaat etgan holda hujjat topşirişi mumkin.

Davlat xizmatlari markazlariga abituriyent tomonidan quyidagi hujjatlarning asl nusxasi taqdim etiladi:
- pasport;
- örta (11-sinf), örta maxsus yoki kasb-hunar öquv muassasasini tugatgani töğrisidagi hujjat (ilovasi bilan);
- imtiyozni tasdiqlovçi hujjatlar (agar mavjud bölsa).
Hujjatlarini topşirgan abituriyent 29-31 iyul kunlari öz ruxsatnomasini oliş uçun oliygoh qabul komissiyasiga şaxsan murojaat etişi şart.
Toşkent davlat yuridik universitetida tölov-kontrakt asosida ta'lim olişning miqdori borasida özgarişlar kuzatilgani yöq.
Özbekiston Respublikasi fuqarolari uçun:
bakalavriat – 9850000 söm;
magistratura – 10830000 söm.
Xorijiy davlat fuqarolari uçun:
bakalavriat – 33600000 söm;
















