Davlat test markazining 2018 yil 1 avgustdagi rasmiy ma'lumotiga köra, respublika oliy ta'lim muassasalariga kiriş imtihonlarini topşiriş uçun ikki smenada taşkil etilgan test sinovlarida 23ta oliy ta'lim muassasalarining 154ta ta'lim yönalişida 58 ming 985 nafar abituriyent iştirok etdi. Şulardan 1 393 nafar abituriyent turli sabablarga köra test sinovlariga kelmadi.
Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi «Özbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga öqişga qabul qiliş uçun kiriş test sinovlarini ötkaziş tartibi töğrisida»gi nizomi asosida har bitta abituriyentga tartib-qoidalar haqidagi «Eslatma» berilişiga qaramasdan, abituriyentlar tomonidan ularga rioya qilmaslik holatlari kuzatilmoqda.
Test sinovlariga kirişdan oldin xavfsizlikni ta'minlaş, içki tartib-qoidalarga rioya qiliş çoralarini köriş maqsadida, Davlat test markazi va içki işlar xodimlari tomonidan har bir kirayotgan abituriyentlar metallodetektor yordamida körikdan ötkazildi.
Natijada, test sinovlari jarayonida tartib-qoidalarni buzganligi sababli 255 nafar abituriyent, şundan 179 nafari hududga kiriş joyida uyali telefon, şpargalkalar olib kirişga uringanligi uçun, 76 nafari bino içida şpargalkadan foydalanişga uringanligi uçun test sinovlaridan çetlaştirildi.
«Keyingi test sinovlarida qatnaşiş uçun taşrif buyurayotgan abituriyentlardan belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilişlarini sörab qolamiz», - deyiladi IIV xabarida.
1 avgust kuni neça nafar abituriyent test sinovlaridan çetlaştirildi?

















