Keçadan boşlab deyarli barça ommaviy axborot vositalarida «Oliy ta'lim muassasalariga kiriş imtihonlari oçiqlik va şaffoflik bilan ötkazilayotgani» haqida jar solinmoqda. Sodda xalqimiz ham bu sözlarga işonmoqda, köpçilik nihoyat adolat qaror topişidan umid qilmoqda. Guyoki hammasi risoladagidek. Lekin, tanganing ikkinçi tarafi ham mavjud. Rostan ham hamma yerda test imtihonlari adolatli olib borilmoqdami?
«Kun.uz» ijodiy jamoasi 1 avgust imtihon kuni qanday ötkazilayotganini kuzatiş uçun xududlarga bordi. Imtihonlar ayni damda Toşkent şahrida quyidagi binolarda taşkil etilmoqda:
1. «ÖzEkspomarkaz» Milliy körgazmalar majmuasi;
2. Oliy öquv yurtlariaro sport majmuasi;
3. Xalq iste'mol tovarlarining körgazma yarmarka savdosi Respublika markazi;
4. Respublika ixtisoslaştirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati;
5. «Tennis» sport majmuasi;
Barça binolarga ham borişni rejalaştirdik. Lekin, bir bino borki, u yerga borilmasa bölmasdi. Bu bino Xalq iste'mol tovarlarining körgazma yarmarka savdosi Respublika markazidir. Toşkent şahrining Olmazor tumani hududida, şundoqqina «Beruniy» metrosi yonida joylaşgan.
Negaligini sörayapsizmi? Çunki, bu yer Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toşkent moliya instituti va şu kabi boşqa nufuzli oliygohlarda öqiş istagini bildirgan abituriyentlar imtihondan ötkaziladigan makon. Sirli makon.
Bu ta'lim dargohlari haqida qiziq faktlar bilan örtoqlaşsak. Bular iqtisod, siyosat, yurisprudensiya, moliya sohalarida yetuk davlat kadrlarini tayyorlaşi kerak bölgan oliygohlar hisoblanadi. Sönggi yillarda kiriş ballari «osmonga uçgan» ta'lim maskanlari, desak mubolağa bölmaydi. Bir vaqtlar xalq orasida har xil «öyinlar» bölgan oliygohlar degan gaplar ham tarqalgan.
Oddiy misol: 2009 yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq (özbek) fakultetiga kiriş balining özi 200,4 ballni taşkil qilgan. Öşa davrda kamida 3ta blok böyiça 36ta testdan kamida 32tadan yeçmagan abituriyent talaba böla olmas edi. Buning uçun siz tarix fanining özidan kamida 250 varaq bölgan 11ta darslikni yodlab taşlaşingiz talab etilardi. Köçalarda esa öşa «X» variantlarni köriş mumkin edi. Bu hamma bilgan haqiqat. «Oyni etak bilan yopib bölmaydi», deydi dono xalqimiz.
Ijtimoiy tarmoqlarda birinçi kundanoq bu safargi kiriş imtihonlarida ham odatdagi kabi auditoriyalardan variantlar olib çiqib ketilgani, telefonlardan foydalanilgani va boşqa turli nayranglar işlatilgani, nohaqliklar kuzatilgani haqida bot-bot yozişdi. Internetda tarqalgan, imtihonlar ötkazilgan hududlarda olingan suratlar ham joylarda işlar «Eski hammom, eski tos»ligiça qolganini körsatmoqda.

















