Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev ta'lim sohasini isloh qiliş, kasb-hunar ta'limi tizimini yanada rivojlantiriş va oliy ta'limning bakalavr yönalişiga qabul böyiça test sinovlarini takomillaştiriş masalalari yuzasidan yiğiliş ötkazdi.

Unda Özbekiston Respublikasi Boş vaziri, tegişli vazirlik va taşkilotlar rahbarlari iştirok etdi.

ÖzA xabariga köra, yiğilişda ta'lim muassasalari böyiça amalga oşirilişi lozim bölgan çora-tadbirlar muhokama qilindi.

Xususan, 2017-2021 yillarda oliy ta'lim tizimini tubdan takomillaştiriş dasturini işlab çiqiş, öquv dasturlarini yanada takomillaştiriş, pullik xizmatlar körsatiş va moliyalaştirişning qöşimça manbalarini izlaşda oliy öquv yurtlarining vakolatlarini kengaytiriş yöli bilan ularning mustaqilligi bosqiçma-bosqiç rivojlantirib borilişi haqida topşiriqlar berildi.

Prezident sohada amalga oşirilayotgan işlarni yanada takomillaştiriş böyiça ota-onalar va öquvçilarning fikrlarnini inobatga oliş, ular bilan «oçiq eşiklar» kunlari kabi tadbirlar taşkil qilib, uçraşuvlar ötkaziş kerakligini alohida ta'kidladi.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Mirzo Uluğbek nomidagi ixtisoslaştirilgan davlat umumta'lim maktab-internatini va «Astronomiya va aeronavtika» boğini taşkil etiş töğrisida»gi qarori qabul qilindi.

Yiğilişda hududlar imkoniyati va salohiyatini örgangan holda 8-9 sinf öquvçilarini kasbga yönaltiriş masalasi ham körib çiqildi. Bu ta'limning keyingi bosqiçida öquvçilarning hunar egallaşida yangi imkoniyatlar eşigini oçadi. Endilikda umumta'lim maktablari bitiruvçilarini ellikka yaqin kasbga örgatiş yölga qöyiladi. Buning uçun kasb-hunar kollejlari va umumta'lim maktablari negizida zamonaviy jihozlangan öquv işlab çiqariş markazlari taşkil etilişi rejalaştirilgan. Şuningdek, ba'zi kasb-hunar kollejlari tegişli vazirlik va idoralarga korxona va taşkilotlarga biriktiriladi. Prezident soha rahbarlariga bu borada joylarga çiqib, qaysi hududga qanday soha böyiça mutaxassislar zarurligini örganib çiqiş vazifasini topşirdi.

Davlat rahbari oliy ta'lim muassasalarining bakalavr yönalişiga böladigan test sinovlarini takomillaştiriş yuzasidan takliflarni işlab çiqiş, bunda rivojlangan xorijiy davlatlarda sinovdan ötgan eng ilğor tajribalarni tatbiq etiş, test sinovlarining şaffofligini ta'minlaş yuzasidan ham körsatmalar berdi.