Neça yildirki, Özbekistonda bitta masalani köndalang örtaga taşlab, unga yagona yeçim berilmaydi: oliygohlarga kiriş imtihonini korrupsiyasiz amalga oşiriş mumkinmi? Bizning javob tayyor: korrupsiyasiz imtihon kerakmi, u holda oliygohlarga kiriş imtihonini bekor qiling.
Bu qanday böladi?
Velosipedni qayta ixtiro qilişning ham keragi yöq, rivojlangan davlatlarda qanday bölsa, şulardan örganamiz. Masalan, AQŞ yoki Buyuk Britaniyada universitetda tahsil olişni istagan abituriyent şunçaki oliygoh talab qilgan hujjatlarni bir jildga solib, talabaga aylanadi.
Hujjatlar jildida nimalar bor?
Ğarb, xususan şarqdagi nomdor oliygohlar ham anoyilardan emas: ular abituriyentning maktabda erişgan yutuqlarini söraydi. Töğri, «beş»i özidan ham arzon bizning xalq ta’limini AQŞ yo Finlyandiyadagi tizimlar bilan soliştirib bölmaydi. Şuning uçun, maktabni bitiriş arafasida yakuniy davlat imtihoni bölib ötadi. Ana şunday imtihonda qölga kiritgan bahosiga qarab, bitiruvçi Harvardga kiradimi, yöqmi, taxminan avvaldan ma’lumotga ega böladi. Harqalay bilimi bor bola taqdim etilgan imkoniyatlardan halol foydalanadi.
Bizning maktab bitiruvçilar deyarli «qizil»ga bitiradi-ku?..
Ha, bu tizimning katta xatosi, desa, mubolağa bölmaydi. Gap şundaki, Özbekistonda eng katta yolğon guvohlikni beruvçi, bitiruvçining maktabdan olgan şahodatnomasi aslida sobiq öquvçining haqiqiy bilimi haqida töğri ma’lumot berolmaydi. Işonmasangiz, unga darhol oliygoh qabul imtihonida tuşib turgan savollarni tutqazing. Şuning uçun, umumiy örta ta’lim bitiruvçilarining bilimini sinovdan ötkazişni davlat şerikçiligidagi xususiy yoki töla mustaqil va xususiy taşkilotlarga topşiriş lozim. Ular işlab çiqarilgan yagona standart böyiça test sinovlarini taşkil etadi, javoblarni tekşirib, natijani e’lon qiladi.
Öquvçi bir marta böladigan bitiruv imtihondan past ball töplab, orzudagi «Diplomatiya»dan ayrilib qolsa-çi?
Bunday tizimga ijobiy köz bilan qaralsa, birinçi marta pastroq ball töplagan öquvçi ikkinçi marta test topşiriş uçun tayyorgarlik körişi mumkin. Buyoği IELTS, TOEFL, GRE, GMAT va şu kabi bir qança standartlaştirilgan test sinovlarini eslatib yuboradi. Tayyorman, deb öylagan şaxs bemalol bilimini qayta tekşirib körsin. Pulini tölab, istalgan vaqtda mardi maydonga kötarilsin. Buning uçun DXX, prokuratura, içki işlar, bojxona hamda minglab öqituvçilarning vaqtini olib, abituriyentlarni bir joyga jam qilişning keragi yöq. Ayniqsa, binoga kirgan abituriyentning xatti-harakatlarini zimdan kuzatib boriş ham talab etilmaydi.

















