Özbekistonda oliy ta'lim muassasalariga kiriş test jarayonlarining xalqaro standartlarga mos ravişda ötkazilişini ta'minlaş maqsadida, Xalqaro ilmiy metodik markaz taşkil etilişi rejalaştirilgan. Markaz test sinovlarini baholaş jarayoniga xalqaro ekspertlar guruhini jalb etiş kabi masalalarni amalga oşiradi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Xalqaro ekspertlardan tuzilgan işçi guruh test materiallarining sifati, töğri tuzilganligini ham nazorat qilib borişi nazarda tutilmoqda», – deydi DTM rahbari Majid Karimov.

Abituriyentlar va ularning ota-onalari tomonidan ortiqça ovoragarçiliklar va xarajatlarni oldini oliş maqsadida ularning yaşab turgan manzilida Davlat xizmatlari markazlari orqali röyxatga oliş, abituriyent tomonidan tanlanayotgan ta'lim muassasasining joylaşgan hududidan qat'i nazar, özi yaşab turgan hududda test sinovlarida iştirok etişi taklif örnida ilgari surilmoqda.
DTM rahbariyatiga köra, Bu xizmat uçun 10-20 ming söm atrofida tölov bölişi mumkin. Oliy ta'lim muassasasiga kiriş davlat imtihonlari uçun hujjatlarni elektron yuklaş imkoniyati esa hozirça yöq.
«Elektron hujjat topşiriş imkonini beradigan Universities.uz hali işga tuşmagan va bu platforma taklif sifatida körib çiqilmoqda», – deb qöşimça qiladi DTM rahbari.
DTM direktor örinbosari Qahramon Haqberdiyev bergan ma'lumotga köra, davlat xizmatlari markazlari hujjatlar qabulining işonçliligi, muhofazalanganligini kafolatlaydi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
















