Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Abdurashid Abduqodirov va Rasul Kusherbayev poytaxt maktablarida yangi o‘quv yilidan bolalarni 1-sinfga qabul qilishning yangi tizimi joriy etilishi munosabati bilan boshlangan muhokamalarga qo‘shildi. Deputat Kusherbayev ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida hammualliflikda yozilgan «Ta'limda korrupsiyaning oldini olishmi yoki taka bo‘lsin, sut bersinmi? Nega Konstitutsiyamiz va qonun normasiga zid hujjatlar qabul qilinmoqda?» sarlavhali maqola matnini keltirgan.

Hammamiz guvohi bo‘layotganimizdek, so‘nggi vaqtlarda e'lon qilinayotgan yangi qonun va qarorlar aholi, jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamalari bo‘lib o‘tmoqda. Bunda ommaviy axborot vositalari, jumladan, televideniye, bosma nashrlar va ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni juda katta bo‘layotganini ham e'tirof etish zarur.

Eng muhimi, bu kabi muhokamalar jarayonida halqimizning bildirayotgan haqli e'tirozlariga sabab bo‘lgan hujjatlar bo‘yicha, vakolatli davlat organlari tomonidan ushbu e'tirozlarni o‘rinli deb topib, tegishli normativ huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotgani, albatta, jamiyatimizda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlardan darak beradi.

Lekin, xalqning e'tiroziga sabab bo‘ladigan qarorlarning qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik, aholining bu kabi haqli e'tirozini uyg‘otadigan qarorlar qabul qilinishi oldini olish yana ham yaxshiroq bo‘lar edi, albatta.

Biroq....

Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 7 iyunda e'lon qilingan «Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida»gi №-469 sonli qarori ko‘pchilik fuqarolarimizning e'tirozlariga, jamoatchilikning qizg‘in muhokamalariga sabab bo‘ldi. Vazirlar Mahkamasining qarori yuzasidan ko‘plab yurtdoshlarimiz, saylovchilarimiz o‘zlarining e'tirozlarini bildirib, ushbu masalada yordam so‘rab murojaat qilmoqdalar.

Xo‘sh, ushbu qarorda nimalar ko‘zda tutilgan va e'tirozlarga nimalar sabab bo‘ldi?

Avvalo, ushbu qarorda 2019/2020 o‘quv yili uchun bolalarni davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalariga qabul qilish 2019 yil 20 iyundan boshlab Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bosqichma-bosqich joriy etilishi nazarda tutilgan.

Birinchi e'tiroz: