Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari tizimida kadrlar tayyorlaşni tubdan takomillaştiriş töğrisida”gi prezident qarori loyihasi e'lon qilindi.
Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi hamda Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça respublika kengaşining Toşkent davlat yuridik universiteti huzurida Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari kadrlarini tayyorlaş institutini taşkil etiş töğrisidagi taklifi ma'qullanişi mumkin.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari huzuridagi fuqarolarning özini özi boşqariş organlari xodimlarining malakasini oşiriş böyiça öquv kurslari ştat birligi va moliyalaştirişning amaldagi tartibi saqlangan holda Institutning yuridik şaxs hisoblanadigan hududiy filiallari sifatida qayta taşkil etiladi.
Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
zamonaviy şaroitlarda fuqarolarning özini özi boşqariş organlari xodimlarining kasbiy bilim va saviyasiga qöyilayotgan talablarni hisobga olgan holda qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş;
mahalliy boşqaruv va hududiy rivojlaniş sohasidagi öziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda amaliyotga yönaltirilgan bilimlarni, şuningdek davlat va hududiy dasturlarni hamda normativ-huquqiy hujjatlarni sifatli ijro etiş, axborotni mustaqil izlaş va tahlil qiliş könikmalarini şakllantiriş;
öquv jarayoniga zamonaviy ta'lim texnologiyalarini tatbiq etgan holda fuqarolarning özini özi boşqariş organlari xodimlarida tahliliy fikrlaş könikmalarini şakllantiriş, hududlarda yuzaga kelgan muammolarni tahlil qiliş, şuningdek normativ-huquqiy hujjatlar va boşqa hujjatlarni qöllaş va talqin qiliş qobiliyatini rivojlantirişga qaratilgan interfaol maşğulotlarni muntazam ötkaziş;
fuqarolarning özini özi boşqariş organlari xodimlarida faoliyatni rejalaştiriş va iş rejalari (“yöl xaritalari”)ni sifatli bajariş könikmalarini şakllantiriş;
qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslari hamda öquv-amaliy seminarlar jarayonida aniqlangan muammolar böyiça axborot-tahliliy materiallarni tayyorlaş;
fuqarolarning özini özi boşqariş organlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, faoliyatini takomillaştirişning samarali mexanizmlarini joriy etiş, mahalla tizimida yagona huquqni qöllaş amaliyotini joriy etişga qaratilgan fundamental, amaliy hamda innovatsion tadqiqotlarni taşkil etiş va ötkaziş, şuningdek mahallani noyob tuzilma sifatida örganişga yönaltirilgan tadqiqotlarni muvofiqlaştiriş;








