Harvard professori AKFA universitetiga tashrif buyuradi

Shu yilning 24 avgust kuni poytaxtimizda AKFA universitetining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Tadbirda nafaqat yurtimizda faoliyat yuritayotgan tibbiyot sohasi mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar va olimlar, balki xalqaro miqyosda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan shifokorlar ishtirok etishi kutilmoqda. Shulardan biri Harvard tibbiyot maktabi dekani o‘rinbosari Doktor Erik K.Aleksandrdir.
Ochilish marosimida professor nutq so‘zlab, universitetning kelgusi faoliyatiga omad tilash istagida ekanini bildirgan. Tashrif davomida doktor Erik talaba yoshlar bilan uchrashib, Garvarda yaratilgan sharoitlar bilan tanishtiradi. Shu bilan birga, u yoshlarga taqdim etilgan grantlar, Amerikaning mashhur klinikalarida tajriba almashish imkoniyati hamda talabalar almashinuvi dasturi bo‘yicha to‘liq ma'lumotlar beradi.
Uzoq yillar davomida “Brigham&Women’s Hospital”da faoliyat yuritgan mutaxassis buqoq kasalliklarini davolash va profilaktika qilish yo‘nalishida bir qator ilmiy izlanishlar olib borgan. Uning 40 ziyod ilmiy maqolalari xalqaro jurnallarda chop etilgan.
Professor Amerika treoid uyushmasi direktorlar kengashi a'zosi hisoblanadi. Harvard tibbiyot maktabi dekani o‘rinbosari bo‘lish bilan birga u, Brigham Education Institute ijrochi direktori hamda qalqonsimon bez kasalliklari bo‘limi rahbari hamdir.
Doktor Erikning O‘zbekistonga qilgan tashrifi davomida AKFA universiteti rahbariyati AKFA universiteti hamda Harvard tibbiyot maktabi o‘rtasida AKFA universiteti talabalarining kelgusida talabalar almashinuvi, hamda Harvard klinikalarida qisqa muddatli stajirovka o‘tash dasturlari va boshqa hamkorlik loyihalari bo‘yicha muzokaralar olib borishi rejalashtirilgan.
Uchrashuvlar AKFA Medline ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bo‘lib o‘tadi. Uning doirasida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtiran savollariga batafsil javob olishlari mumkin.
Yorqin kelajakka yuz tutgan AKFA universitetining bo‘lg‘usi bitiruvchilari xalqaro maydonda bor iste'dodini ko‘rsata olish bu juda katta imkoniyat.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
Jahon | 17:02
-
GWM “Auto Shanghai 2025”da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida
O‘zbekiston | 17:00
-
Hindiston Pokiston suv oladigan daryolarni ochib yubordi
Jahon | 16:57
-
Rossiya va Ukraina 2022 yildan buyon ilk muzokaralarga tayyorlanmoqda. Otishmalar davom etmoqda
Jahon | 16:55
Mavzuga oid

18:00 / 27.06.2023
Markaziy Osiyoda ta’limning yangi davri: AKFA universiteti Central Asian University (CAU)ga o‘zgartirildi

16:50 / 16.06.2023
AKFA universitetida grant olish imkoniyatlari: muvaffaqiyatli ta’lim uchun moliyaviy yordam

20:00 / 21.04.2021
AKFA Universiteti Times Higher Education Impact Ranking reytingiga kirdi

12:00 / 11.03.2021