O‘zbekiston | 12:00 / 03.05.2021
12225
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Eshikdan tortib isitish tizimigacha aql bilan boshqariladi. «Akfa Innovations» shourumi o‘z ishini boshladi

Birgina mobil telefon orqali butun bir uydagi barcha qurilma va jihozlarni boshqarish mumkinligiga ishonasizmi? “Smart” deb ataluvchi bunday uylarda yashash ham oson, ham qulay. Televizor yoki Internet orqali “smart” uylarni ko‘rib, bizda ham shunaqasidan bo‘lsa edi, deb orzu qilmaganlar oramizda kam bo‘lsa kerak. Endi “smart” uylar O‘zbekistonda ham bo‘lishi mumkin.

Toshkent shahrida Akfa kompaniyasining “Akfa Innovations” shourumi ochildi. U yerda deraza romidan tortib, garaj eshigigacha – barchasi birgina mobil telefon orqali boshqariladi. Ochilish marosimida mehmonlarga namoyish etilayotgan jihozlarning barcha qulayliklari tanishtirib o‘tildi. Birinchi innovatsion shourumning qulayliklari shundaki, xaridor mahsulotni sotib olishdan oldin uning imkoniyatlarini ko‘rishi va boshlang‘ich tushunchaga ega bo‘lishi mumkin.

Kompaniya mutaxassislari ta'kidlashicha, deraza-eshik tizimi mahsulotlari Italiya, Ispaniya, Turkiya, Germaniya, Polsha, Gretsiya, Belgiya, Xitoy va boshqa mamlakatlardan import qilingan bo‘lib, kelajakda ularni mahalliylashtirish ham ko‘zda tutilgan. Kompaniya bosh mutaxassisi Alisher Umarov tashrif buyurgan mehmonlar, xususan, tadbirkorlarga shourum bo‘ylab kichik sayohatni tashkil etib, mahsulotlar haqida batafsil ma'lumot berdi.

“Tashkil etilgan shourum bejizga “innovatsion” deb nomlanmagan. Siz eshikdan kirishingiz bilan “aqlli” tizim bilan uchrashasiz. Ya'ni kirishda radial avtomatik eshiklar o‘rnatilgan. Bunday texnologiya O‘zbekistonda juda kam. Qulaylik tarafi uning vazni yengilligida. Demak, uni o‘rnatish ham oson amalga oshadi.

620 kv.m maydonga ega shourumda 40 ga yaqin mahsulotlar namoyish etilmoqda. Ular termoizolyatsion, havo, shamol, suv o‘tkazmaydigan mahsulotlardir. Shourum taqdim etayotgan mahsulotlar restoran, savdo-ko‘ngilochar markazlar, qurilish kompaniyalari egalari uchun manfaatli taklif bo‘lishi aniq. Turar joylarga ham juda mos. Siz, mehmonlarga taklif etilayotgan mahsulotlarimiz oddiysidan ancha farq qiladi. Masalan, yig‘iladigan eshik. 3 bo‘lakka yig‘ilib ochiladigan va yopiladigan eshik xavfsizligi, joyni kamroq egallashi bilan ishonchingizni oqlay oladi”, - dedi Umarov.

Shuningdek, shourumda ham eshik, ham deraza vazifasini bajaradigan mahsulot tanishtirildi. Bir qarashda oddiy eshikka o‘xshaydigan jihoz qo‘l boshqaruvi bilan deraza tirqishi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bu kabi g‘aroyib jihozlar shourumda juda ko‘p. O‘zingiz kelib, baho bering. Narxlar ham juda qimmat emas. Yoqqan mahsulotingizni o‘sha zahotiyoq xarid qilishingiz mumkin.

 

Reklama huquqi asosida

 
Жамшид Рузибаев
Tayyorlagan Жамшид Рузибаев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish