Oliy Majlis Senatining yangi tarkibdagi ilk majlisida sözga çiqqan prezident Şavkat Mirziyoyev milliy tarixni anglaşning ahamiyati haqida töxtalib ötdi.

«Yaqinda Xavfsizlik kengaşi yiğilişida Zahiriddin Muhammad Bobur bobomiz haqida gapirdim. Bobur 12 ming askar bilan 100 ming askarni yenggan. Öşa paytda şunday qiliş mumkinmidi? Yöq. Bobomizga nima yordam berdi? Vatanparvarlik, ğurur, iftixor, aql-zakovat.

Men Boburni bugun köp gapiryapman. Quyi palata yiğilişida ham gapirdim. Umuman, şu kunlarda men tariximizni köp öqişga harakat qilyapman.

Ming afsuski, bizga sovet davrida Puşkin, Lermontovning bobolari xoki qayerda tökilganini öqitgan xolos. Alişer Navoiy yoki Boburlarni öqitmagan. Rus tilida öqigan odamlar Puşkin, Lermontovni öqigan. Biz heç kimga Boburni öqitmaganmiz. Uning ekologiya haqida yozganlarini öqisangiz, hozirgi davrda yaşaydi, deb öylaysiz.

Yoki, şunça yil harbiy maktablarimiz Suvorov nomida bölgan. Birorta odam aytmaganki, mustaqil bölganimizga neça yil böldi, nega maktab nomi Suvorov bölişi kerak, deb. Biz Suvorov maktablarini Temurbeklar maktabiga özgartirdik», – degan prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.