
Qadimiy Buyuk ipak yöli yoqasida joylaşgan bu joylarning Börontepa deb atalişiga sabab — qadimdan bu yerlarda qum böronlari bölib turadi. Biz borganimizda ham osmonga örlagan 3-4ta çang-tözon uyuriga közimiz tuşdi.
Şu yerdan qarasangiz, hozir vayronaga aylangan qadimiy Varaxşa tepaligi ham körinib turadi.


Çöl barxanlari örtasida ekoturizm qoidalariga mos tarzda barpo etilgan maskanga yetib borib, avtoturargohda maşinangizni qoldirib, majmuagaça qariyb 2 km yölni elektrokarlarda bosib ötasiz.
Yaqinlaşgan saringiz öziga rom etuvçi, öziga xos uslubda, qadimiy Buxoroning tarixiy davrlariga monand qurilgan mö'jaz maskan sizni hayratlantirmasdan qolmaydi.

Masalan, Varaxşa terrasasi 2 ming yil oldingi tarixdan sözlaydi. Undagi bezaklarda va devorlarga tuşirilgan naqşlar va suratlarda ham öşa qadimiy davrlar mujassam.

Majmuani aylanar ekansiz, örta asrlarga xos tarix ham köz öngizda gavdalanadi. Arab fathi deysizmi, somoniylar davri, möğullar bosqini, şayboniylar deysizmi — har bir davrdan sözlovçi nimanidir topasiz.
Boz ustiga, majmuada xizmat qilayotgan yigitlar ham qadimiy sarbozlar körinişida sizni qarşi olişadi.


Karvonsaroy majmuasi, qadimiy ötovlar zamonaviy mehmonxonalar körinişida namoyon böladi. Majmuada sardoba (suv töplanadigan joy) ham qurilgan. Uning ham Buxoro va Buyuk ipak yöli tarixida öz munosib örni bor.



















