Daladan özga dardi yöq ayol - Özbekiston Qahramoni Lola Murotova bilan suhbat
|19:49 / 08.03.202135 00214 min
Mehnatkaş özbek ayolining ramzi bölmiş Lola Murotovani tanimagan, bilmagan, körmagan kimsaning özi topilmasa kerak. Qahramon fermer bilan bepoyon dalada bir piyola çoy ustida dildan suhbatlaşişni köngilga tugdik.
«Lola opa ança injiq, daladagi yumuşim qolib ketadi», – deb vaqtdan qizğanib, jurnalistlarning savollariga töliq javob bermaydi, degan gaplar ortidan har ehtimolga qarşi bunga özimni ruhan tayyorlab yölga çiqdim...
Oltiariq markaziga kelib, undan Markaziy Farğona çöllari hududida joylaşgan Belariq qişloğidagi Lola opaning «Nurli obod» fermer xöjaligigaça xiyla yöl bosildi. Öng tomon terakzor, çap tomonda zovur yoqalab tut daraxti ekilgan. Çor-atrof bepoyon dala...
Nihoyat Lola opa manzil qilgan «Nurli obod»ga yetib keldik. Ajoyib manzara!
Fermer xöjaligining şundoqqina yonidan ariq ötgan. Ariq tepasida ulkan tol daraxti kökka böy çözib turibdi. Şiypon içida söri. Devorda esa «Özbekiston Qahramoni» yozuvi bilan Lola opaning katta surati osib qöyilgan, boşqa tomonda esa qahramonning otasi bilan tuşgan surati közga taşlandi...
Birozdan keyin boşiga har doimgidek oddiy oq römol öragan, samimiy, salobatli, ğayratli Lola opaning özi iliq kutib oldi va salom-alikdan söng, söriga taklif qildi. Duodan söng hovlida kuymalanib yurgan ayol çoy damlab çiqib, ikkimizga birma-bir piyola uzatdi...
Lola opa miş-mişlarga ters ölaroq, injiq emas ekan. Samimiyat va muloyimlik bilan savollarga javob qaytara boşladi. Uzoq ötmişdagi şirin xotiralari uyğonib ketdi çoği, endi uni gapdan sira töxtatib bölmasdi:
Mavzuga oid
Dehqonçilik sohasiga qiziqiş qanday uyğongan?
«Dehqonçilikka qiziqişim bolaligimdan boşlangan. Örta maktabda öqib yurgan kezlarim biz yaşab turgan qişloqda kolxoz dalasida paxta yetiştirilardi. Tuşlik payti soat 2 gaça maktabda öqib, uyga borib qorinni töqlab, dalaga ketardik.
Onamiz bu paytda dalada bölardi. Onamizga talpinib, ularga yordam beraylik, deb uning yoniga dalaga borar edim. Onamizga ğözalar atrofini yovvoyi ötlardan tozalaş uçun yordam berardim. Mahallamizdagi qöni-qöşni ayollar, momolarning dalada qilgan işini körib qiziqib, ularga yordam bergimiz kelardi.
Dalaga bölgan mehr ota-onamdan ötgan. Ularning hayot yöli kolxoz bilan çambarças boğliq edi. Otam traktorçi, mexanik, keyin esa injyener bölib işlagan. 1941–1945 yilgaça uruşda iştirok etgan. Uruşdan qaytib kelgan otam qişloqda mexanik, injyener vazifasini davom ettirdi.
Yoşligimdanoq kolxoz garajiga kelib, bu yerda qilinayotgan işlarini qiziqib tomoşa qilib ötirardim. Hamon öşa damlar köz öngimda gavdalanadi. Otamning şeriklari garajda maşina remont qilgan paytda yoniga fartuk tutib olişardi, fartuklari yoğ bölganidan quyoş nurida yaltirab turişi hali-hanuz köz öngimda. Saratonda 40–45 daraja issiqda otamning hamkasbi Xoliq toğa Ahmadaliyev temirni ötda qizdirib, kuvaldada urib, ğözaga işlov beradigan kultivatsiya traktorlariga moslamalar yasab berardi. Ularning qilib turgan işlarini kuzatib turib, özim ayol kişi bölsam-da, töğrisi, ularga havas qilar edim.
Yoşligida kimlarga havas qilgan?
Respublikadan çiqqan Tursunoy Oxunova, tumanimizdagi Ra'no Karimova, Xola opa, Toji opa, Mamlakat opa ismli mexanizatorimiz bor edi. Maktabda öqib yurganimizda «Saodat», «Guliston», «Şarq yulduzi» jurnalida ularning suratini körib, şu ayollarga öxşab mexanizator bölaman, qişloq ayollarining oğirini yengil qilib, maşinada paxta teraman, deb astoydil niyat qilganman. Xudoga şukur, orzularim amalga oşgan. Yaxşi niyat qilsangiz, murodingizga yetar ekansiz.
Sevgan kasbi
Işni ota kasb — mexanizatorlikdan boşlaganman. Bu menga otamdan yuqqan deb bilaman. Rahmatli otam menga iş örgatgan. Öşa paytdayoq qişloğimizning katta-yu kiçigi ayol kişi bölsam ham dalaga bölgan iştiyoqim baland ekanini juda yaxşi anglardi.
U paytlardagi traktorning kabinasi bölmas edi. U tomonda bir qanot, bu tomoningizda bir qanot, örtada bitta rul. Ana şunday traktorlarda ğözalarga işlov berganmiz.
Maktabni bitirganimdan keyin tumanimizdagi 82-hunar-texnika bilim yurtiga mexanizatorlik va çevarçilik kursiga hujjat topşirdim. Çunki mexanizatorlik kursini bitirmaganlarga traktor berişmas edi. Hozirgi Katput qişloğida joylaşgan Moskva kolxozidagi bilim yurtida bir yil tahsil olib, 18-gruppaga starosta bölganman. Moskva kolxozining hamma dalasini bilardim. Çunki amaliyotga dalalarga çiqar edik. Yerni qanday şudgorlaş, tekislaş, çigit ekişga tayyorlaş bularning barçasini qilib körganmiz amaliyotda. Öşa yerdagi mexanizatorlarga şogirdlikka tuşib, ulardan köp narsalarni örganganmiz. Mexanizatorlar, brigada boşliqlariga şogirdlikka tuşib dalada çiniqqanmiz.
Ğöza ekiş usullarini öquvçilik paytidanoq yaxşi özlaştirganman. Öz kasbingizni sevmasangiz, unga mehr qöymasangiz bölmaydi. Dehqonçilikda ham yerga mehr bermasangiz, bir narsa ololmaysiz.
Kasbga va yerga mehr qöyiş
Oilada ota-onangizga, farzandlaringizga qanday mehr bersangiz yerga ham xuddi şunday mehr beriş kerak. Farzandingizga bergan mehrni yerga ham bersangiz, ğöza böladimi, buğdoymi yoki boşqa ekinlarmi, albatta, siz kutgan hosilni olasiz, daromadingizni ham beradi. Yer öz saxovatini heç qaçon ayamaydi.
Ota-onamiz ortidan ergaşib yerga mehr bergan ekanmiz. Bugungi kunda Prezidentimiz va elimiz e'zozidamiz. Bunday e'tibor va e'tiroflarning çeki yöq. Yaratganga behisob şukur. Inson öz oldiga katta maqsadlar qöyib yaşaşi kerak. Bizdan keyin kelajak avlod şu davrda mana şunday kişilar yaşab ötgan ekan, deb faxrlanib yurişsin.
Mana, bu yil qişloq xöjalik sohasida faoliyat boşlaganimga 43 yil böldi. Biz tayyor yerga kelmaganmiz. U mahallari dalalar hozirgidek unumdor bölmagan. Dalalar qumloq yer bölardi. Öşa yerlarni özlaştirişda iştirok etganman. Buldozerlarda qumlarni olib çiqib taşlab, yerlarni tekislab joy tayyorlaganmiz. U paytlarda dala şiyponlari bölmagan. Bitta brigadada 30–40 nafar ayol işlar edi.
Öz bolasi bilan dalaga kelgan onalar farzandini belançakka belidan boğlab qöyib, dalaga kirib ketişar edi. Brezent palatkalar tikilar edi. Şamolda qum aralaş brezentlarni şamol uçirib ketardi. Quloq va közlarimizga qum tölganidan yiğlab yuborgan paytlarim köp bölgan.
Ertasi kuni dalama-dala yurib, hisob-kitob qilib çiqar edim. 182 gektar paxtani şamol quritib ketgan. Bir kuni sahar 5 yarimda qurigan paxta yonida yiğlab ötirsam, tuman partiya qömitasi kotibi Usmonjon Begmatov yonimga kelib, «qizim nega yiğlayapsan», deb qoldi. 182 gektar yerdagi paxtani şamol nobud qildi dedim. «Ertaga davlatga paxta rejasini qanday topşiraman?» — deb yana yiğladim .Begmatov «Nima qiliş kerak?» – deb söradi. «Bitta men bilan nima özgaradi. Meni qumga olib kelib qöyganingiz bilan. Avvalo, işçilarga şaroit qilib bering, brezent palatkalar emas, har bir brigada uçun dala şiypon qurib bersangiz keyin mehnat unumdorligi böladi», — dedim. U şiypon qilib berişga va'da berdi. Va'dasining ustidan çiqdi ham...
Ayol kişi uçun bu kasb murakkab emasmi?
Boşqa kasblarga qaraganda qişloq xöjaligi sohasi ayol kişi uçun nihoyatda murakkab kasb. Yurakdan bu işga mehr bermasangiz qiynalasiz. Tuğma qiziqiş böliş kerak. Ota-onamning kolxozda qilib yurgan işlarini körib yurib, qiziqqanim uçun özim bilmagan holda dehqonçilikka kirib ketdim. Inson öz kasbiga mehr qöysa har qanday maşaqqatni yengib ötadi. Maşaqqatsiz kasbning özi yöq bu olamda. Usiz bir narsaga erişiş qiyin. Sabr-matonat bilan mehnat qilsangiz, Yaratganning özi sizni qöllaydi. Öz hayotimda bunga amin böldim.
Işni mexanizatorlikdan boşlagan bölsam, mexanizatorlik qilib ğözapoya orasida yurdim. Maşinada paxta terdim. 130 tonnagaça paxta tergan kunlarim bölgan. Bu albatta ayol kişi uçun juda oğir, maşaqqatli. Lekin işingizga mehr qöysangiz, maşaqqatlarni ham yengib ötar ekansiz. Men öşa paytda paxta tergan dalalarning köpi hozir qişloq bölib ketgan.
1991 yildan keyin aholiga yaşaş uçun tomorqa berilişi munosabati bilan yangi qişloqlar paydo böldi. Dala örnida paydo bölgan qişloqda yaşovçilar hozirgaça meni körişganda «Lola opa, şu yerlarda paxta terib yurgansiz-a?» – deb gapirişadi. Öşa paytlarda ham gazetalarda çiqqanmiz. 32 nafar yoş yigit-qizlardan işçi qilib, 56 gektarda iş boşlaganmiz. Yerlarning unumdorligini oşirganmiz.
Şamolda uçgan ğözalar...
Hozir biz ötirgan joy jamoa xöjaligining 5-bölimi bölgan. Sovxoz davrida bölim 18 yil rejani bajara olmagan joy edi. Meni atay jönatişgan bu yerga. «Sen borsang, yerni önglaysan», – deyişgan öşanda. Kelib, yerni körib, boşida men ham qörqqanman. Yerning holati öta abgor edi. Özlaştirilmagan yerlar ekan.
Kelsam buldozer işlab turgan ekan. Buldozerçini yoniga borsam: «Bu yerga bekor kelibsan, bu yerning şamoli yomon, ekiningni uçirib ketadi, hosil ola olmaysan, manaman degan erkaklar bu yerni önglay olmay qoçib ketgan, sen ayol boşing bilan eplay olarmikansan, bu yerdagi ofatni körib juda borsa, 3 oyça işlaysan, keyin qoçib ketasan»,— dedi.
Yaratgandan işimga unum berişini sörab astoydil işga kirişdim. Şamolga qöşilib men ham uçib ketarmikinman, degan xayollar ham ötdi. Yaratganga şukur, eng avvalo, işçilarning şaroitlarini önglab berdim. Mexanizatorlarni töplab gaplaşib oldik. Işçilar bilan hamjihatlikda 6 ta brigada boşliği sayladik. Brigadirlarimizdan Hayot aka Zokirov hozir ham hayot. Yoşi 100 ga qarab ketyapti. Suvçi Ergaş aka Karimov yoşlari 90 da. U ham hayot. Ular bilan ota-boladek til topişib işlaganmiz.
Xalq özi şunday işga yopişdiki, qumlarni özlaştirib, yerlarni ekinga tayyorladik. Bungaça 2 yil qiynaldik. Şamol hisobiga rejamizni 98 foizga bajaradigan böldik. 2 foiz yetmagani menga şunaqangi alam qiladi. Tuman partiya kotibi ham «diqqat bölmagin», deb yupatdi. Şamol 3 martadan ğözani uçirib ketgan. Qayta-qayta ekaverganmiz. Oxiri ekinni şamol uçirib ketmasligining yölini öylab topdik. Yerga javdar (roj) ekib, uni bahorgaça parvariş qilib, şuning öziga 250 kg karbamid soçib çirindi qilib, öziga yopdik. Yopganimizda kök massa şamol uçirişini oldini olar ekan.
Qahramonlik mas'uliyati
Özbekiston Qahramoni bölişning juda katta mas'uliyati bor. Qaysi kasb egasi bölişdan qat'i nazar inson fidoyi, vatanparvar, halol bölişi kerak. Qişloq xöjaligi sohasini rivojlantirişda, bor bilim va imkoniyatlarni işga solib yildan yilga şartnoma rejalarimizni bajarişga kirişdik. Qança köp mahsulot yetiştirsak, daromadimiz ham yaxşi böladi. Qölimizni qayerga uzatsak yetadi. Umuman yerga mablağni ayamayman. Katta-katta pul sarflayman. Fermer xöjaligiga texnika, yoqilği olasizmi, qöl ostingizda mehnat qilayotgan işçilar maoşini öz vaqtida berib boriş kerak. Moddiy manfaatdorlik bölmasa, işda unum bölmaydi. Işçilarning ham öz oilasi, bola-çaqasi bor. Ular ham hayotdan rozi bölib, yaxşi yaşaşi kerak.
Özbekiston Qahramoni unvoni berilişini sira ham kutmagan edim. Öşa kuni ham dala içida yurgan edim. Sentyabr oyi .Paxtalar qiyğos oçilgan payt. Şu payt telefonim jiringlab qoldi. Telefonni olsam gimnaziya direktori Hamidjon Rahimov ekan. «Lola opa, qayerdasiz?» — deb sörab qoldi. Uning gapidan kulib: «Qayerda bölardim, dalaning içidaman-da», dedim.
Hamidjon keyin hayajonini yaşira olmay, «Opa, Prezidentimiz sizga «Özbekiston Qahramoni» unvonini berdi. Tezda daladan şiyponingizga yetib keling», — dedi. Daladan çiqib şiyponga yetib kelib özimni töxtata olmay, yiğlab yubordim... Qani endi, şu kunlarimni oq yuvib, oq tarab, öqitib, vatanparvar, fidoyi qilib tarbiyalagan ota-onam körsa edi, — degan öy ta'sirida közimdan duv-duv quvonç köz yoşlari tökilardi.
Prezidentimizga rahmat. Ular boş vazirliklarida dalada olib borgan işlarimizni öz közi bilan körgan. Menimça, öşanda yuragiga tugib qöygan ekanmi, sira kutmagan edim Özbekiston Qahramoni bölaman deb. Yaratganga şukur qança maşaqqatlarni boşimizdan ötkazdik. Bugungi kunda endi rohatini köryapmiz. Qişloq xöjaligi sohasiga kiribmanki, biror marta yerni yomon körmaganman. Yerning yomoni bölmaydi, deb doim aytib kelaman.
«Nurli obod» fermer xöjaligida hozirda 127 nafar işçi-xodim işlaydi. Dehqonçilikdan taşqari, 100 boş qöy, 20 boş qoramol parvariş qilib kelyapmiz...»
Suhbatimiz qizigandan qizib, vaqt qanday ötganini bilmay qoldim. Lola opa bolalikka qaytib, goh yoşlik çoğidagi ajib damlarni, goh bugungi zamon şart-şaroitlarini jöşib gapirardi.
Lola opaning prezident bilan qilgan muloqotlari tasvirlangan lavhalarni birgalaşib tomoşa qildik. U traktor haydayotgan, qiyğos oçilgan paxta paykallarida yurgan kadrlarni körib sevinganidan qiqirlab kulardi.
Lola opa bilan suhbatlaşib uning haqiqatan ham yurt, millatning asl qahramoni ekaniga yana bir karra amin böldik. Uning daladan özga dardi yöq ayol ekanini iç-içimizdan his qildik...