Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Donbassda urush boshlanishi Ukraina intihosining ibtidosi bo‘lishidan ogohlantirdi
Dmitriy Kozak zarurat tug‘ilsa Rossiya Donbass xalqini himoya qilishini aytdi.
Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Dmitriy Kozak Donbassda jangovar harakatlarning qaytadan avj olishi Ukraina tugashining boshlanishi bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda «Moskovskiy komsomolets» xabar bermoqda.
Kozak, shuningdek, zarurat tug‘ilsa Rossiya Donbass xalqini himoya qilishini aytdi.
«Agar u yerda prezidentimiz aytganidek, Srebrenitsa uyushtiriladigan bo‘lsa, biz himoya qilishga majbur bo‘lamiz», – dedi Kozak.
8 aprel kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ishchi tashrif bilan Donbassga keldi va ukrain harbiylari bilan uchrashuvga yo‘l oldi.
Avvalroq Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Rossiya Donbassdagi nizoga aralashishni rejalashtirmayotgani, ammo vaziyatni kuzatayotganini aytgandi.
Mavzuga oid
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
17:15 / 04.07.2026
Zelenskiy Putinni Konstantinovka bo‘yicha yolg‘on bayonot berishda aybladi
11:30 / 04.07.2026