Unga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 26 iyul kuni Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishadi. 27 iyul esa kon-metallurgiya sanoati rivoji bilan tanishuv reja qilingan.
Prezident hafta davomida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi.
Shuningdek, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur'atlarini ta'minlash bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi ham mo‘ljallangan.
Sherzod Asadovga ko‘ra, prezidentning tadbirkorlar bilan uchrashuvi avgust oyining 1-yarmiga rejalashtirilmoqda. Tadbirkorlar davlat rahbariga o‘z takliflarini 31 iyulga qadar yuborishlari mumkin.







