18:55 / 14.04.2022
2694
O‘zbekistonda 2021 yil IT xizmatlari eksporti 46 mln dollarni tashkil etdi

Shavkat Mirziyoyev huzurida Axborot texnologiyalari vazirligining faoliyati va 2022 yildagi rejalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda so‘nggi yillarda IT sohasi butkul yangidan tashkil etilgani ta’kidlandi.

Masalan, 2017 yilda sohaning eksporti hajmi bor-yo‘g‘i 600 ming dollar bo‘lgan bo‘lsa, 2021-bu ko‘rsatkich 46 million dollarga yetdi.

2022 yilning birinchi choragida:

  • IT xizmatlari eksporti 16 million dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 4 barobar oshdi;
  • joylarda qo‘shimcha 2 ming 800 ta mobil aloqa stansiyalari o‘rnatildi (3 barobar ko‘p);
  • IT-park tomonidan 1,5 ming yoshlar ish bilan ta’minlanib, umumiy soni 11,5 ming nafarga yetdi.

2022 yildan barcha yangi qurilgan ko‘p qavatli uylar optik internet bilan foydalanishga topshirilmoqda.

«Bir million dasturchi» loyihasi doirasida o‘qib chiqqan yoshlar soha kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratayotgani qayd etildi.

Top