Arxeologik tadqiqotlar davomida qadimiy inşoot xonalaridan birining ğarbiy devorida gil suvoq ustiga işlangan lola va oq gullar tasviri aniqlangan.
Gul tasvirlari qizil rangdagi ingiçka tölqinsimon çiziqlar bilan uyğunlaştirilgan. Keyingi davrda esa uşbu devoriy surat ustidan oq ohakli suvoq qatlami tortilgani maʼlum bölgan.
Topilma nafaqat badiiy jihatdan, balki Boburtepadagi qadimiy inşootning vazifasini aniqlaş nuqtai nazaridan ham ahamiyatli hisoblanadi.
Xususan, binoning mahobatli va qalin devorlari, şuningdek, uning içki qismidagi bezaklar inşoot oddiy turar joy bölmagan bölişi mumkinligini körsatmoqda.
Dastlabki arxeologik xulosalarga köra, mazkur bino milodiy IV–V asrlarda ibodatxona sifatida faoliyat yuritgan bölişi mumkin.
Biroq inşootning aniq vazifasi hozirça töliq belgilangan emas. Mutaxassislar keyingi qazişma va ilmiy tadqiqotlar orqali uning asl vazifasi, meʼmoriy tuzilişi va tarixiy ahamiyati haqida yanada aniq maʼlumotlar oliş mumkinligini taʼkidlamoqda.
Boburtepadagi arxeologik tadqiqotlar Samarqand arxeologiya instituti xodimi Sanjar Abduraximov tomonidan olib borilmoqda.








