Ilk bor taşkil etilgan Yevropa Konferensiyalar Ligasi finalida «Roma» va «Feyyenoord» klublari töqnaş kelişdi.
Albaniya poytaxti Tiranada ötgan bahsda Nikolo Dzanoloning goli rimliklarga yevrokuboklardagi dastlabki sovrinni taqdim etdi. «Börilar» safida Özbekiston milliy jamoasi hujumçisi Eldor Şomurodov 89-daqiqada zaxiradan maydonga tuşirildi.
«Roma» ustozi Joze Mourino öziga xos rekordni qayd etdi — portugaliyalik mutaxassis Çempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi va Konferensiyalar Ligasida ğolib çiqqan birinçi murabbiyga aylandi.
YeKL. Final
Roma — Feyyenoord 1:0
25 may. Albaniya. «Eyr Albaniya»
Gol: Dzanolo (32).
Roma — Patrisiu, Mançini, Ibanes, Smolling, Kristante, Pellegrini, Mxitaryan (Oliveyra, 17), Zalevski (Spinatssola, 67), Karsdorp (Vinya, 89), Dzanolo (Veretu 67), Abraham (Şomurodov, 89).
Feyyenoord — Beylo, Malasia (Jahonbaxş, 89), Senesi, Trauner (Pedersen, 74), Gertryuyda, Kökçi (Volemark, 88), Eursnes, Til (Tornstra, 59), Sinisterra, Nelson (Linssen, 74), Dessers.
Ogohlantirişlar: Trauner (25), Pellegrini (37), Zalevski (67), Patrisiu (84), Spinatssola (90+4).







