Yirik xalqaro kompaniyada e’tibor qozoniş uçun nima qiliş kerak? Albatta, har kuni öz kasbiy mahoratingizni körsatib, a’lo darajada işlaş. Lekin bir joyda töxtab qolmaslik, doimo rivojlaniş ham bir xil darajada muhimdir. Bu Beeline Uzbekistan’ning ekspert-yuriskonsulti Sardor Baxramovning tabiatiga mos keladi. Qisqa vaqt içida u nafaqat özi uçun mutlaqo yangi sohaga könikdi, balki Beeline jamoasining eng qadrli a’zolaridan biriga aylandi. Buning uçun u kompaniyaning 15 yilligi şarafiga oltin nişon bilan taqdirlandi.
Qulaylik doirasi qayerda joylaşgan?
“Men avval boşqa joyda işlaganman va heç narsani özgartirişni xohlamasdim” – Beeline Uzbekistan’ning köplab xodimlarining hikoyalari kompaniyaga kelgan vaqtlarini eslaş bilan boşlanadi. Lekin buni tuşuntiriş oson: taniş muhit, odamlarni tark etişlari oson bölmagan “qulaylik doirasi” ... Töğri, oxirida ma’lum bölişiça, öşa joyda unçalik ham qulaylik bölmagan. Sardor Baxramov eslaşiça, Toşkent şahri tumanlaridan birida advokat bölib işlagan çoğida dam oliş kunlari va oddiy iş vaqti nima ekanligini bilmas edi. Şunga qaramay, uning Beeline Uzbekistan’ga ötişi tasodifan sodir bölgan. Xususiy kompaniyalar yuristlarga qanday şart-şaroitlarni taklif qilişlari unda qiziqiş uyğotgan. Şunday qilib, Sardor öz rezyumesini Headhunter’da joylaştirgan – va tez orada uni intervyuga taklif qilişgan.
“Men HR-direksiyasida Tatyana Grigoreva bilan suhbatdan ötdim, – deydi Baxramov. – Şu suhbatning özidan men şu kompaniyada işlamoqçiligimni tuşunib yetdim, çunki bu yerda har bir xodim qadrlanadi, bu yerda ajoyib jamoa bor. Nihoyat, ular normal kun tartibini taklif qilişdi, men uçun bu yangi narsa edi. Bu meni qiziqtirdi, endi mana ikki yarim yildirki, şu yerdaman. Beeline’ga kelişim bilan, juda tez orada özimga savol berdim: nega men ön yil oldin bu qadamni qöymadim, nega tunlari bilan işlab çiqdim?! Aytgança, işimni özgartirganimdan keyingina men nihoyat uylandim. Bungaça oilaviy hayot haqida öylaşga ham vaqt yöq edi”.

Jamoa qanday kutib oladi?
Beeline Uzbekistan'ga ötiş tasodifmi yoki taqdirmi? Katta ehtimol bilan ikkinçisi, çunki Sardor kompaniya jamoasiga oson va tez qöşila oldi. Hamkasblar bunga har tomonlama hissa qöşdilar: işining ikkinçi kunidayoq yangi yetakçi yuriskonsult ilk topşiriqlarini oldi. Texnik bölim vakili Vladislav Vokal BS, AMS nima ekanini, 3G va 4G tarmoqlari örtasidagi farq qandayligini batafsil aytib berdi. Şu paytdan boşlab «qörqinçli» professional atamalar tuşunarli va taniş bölib qoldi. Aslida, hammasi oddiy: BS - bu tayanç stansiyasi, AMS - antenna-maçta konstruksiyasi, aloqaçilar uskunalarni örnatadigan minora, şunda telekommunikatsiya xizmatlari kengroq hududga tarqaladi. Nega yurist bularning barçasi haqida bilişi kerak? Çunki ruxsat oliş, aloqa vositalarini qonuniy röyxatdan ötkaziş uning vazifalariga kiradi. Uçinçi avlod çastotalari uçun esa 4G çastotalariga qaraganda biroz boşqaça hujjatlar talab qilinadi. Umuman olganda, telekom kompaniyasida işlaganda, hamma joyda kasbga oid sözlar eşitiladi: yölaklarda, yiğilişlarda, hatto korporativ bayramlarda ham. Sardor atrofliça «likbez»dan söng gap nimada ekanini tuşunib yetdi. Hozirda şunçalik köp bilim töplanganki, hamkasblarning fikriça, sobiq advokat texnik bölimda ham bemalol işlaşga qodir. Heç bölmaganda u özini aloqaçi deb hisoblaşga tölaqonli haqli.











