Qömita xabariga köra, 2022 yilning yanvar-may oylarida Özbekistonda 126 474 ta yengil avtomobillar işlab çiqarilgan.

Qayd etilişiça, işlab çiqarilgan yengil avtomobillar soni ötgan yilning mos davriga nisbatan 40 680 taga oşgan. 

2022 yilning yanvar-may oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini işlab çiqariş hajmi quyidagiça:

  • avtomobil benzini – 475 ming tonna;
  • kömir – 2,1 mln. tonna;
  • neft – 318 ming tonna;
  • gaz kondensati – 555 ming tonna;
  • yengil avtomobillar – 126 474 dona;
  • avtobus – 376 dona;
  • yuk avtomobillari – 1596 dona;
  • avtomobil dvigatellari – 94,1 ming dona.

Şuningdek, Statqömita ma’lumotiga köra, may oyida eng köp “Cobalt” avtomobili işlab çiqarilgan.

Avtomobil işlab çiqariş sanoatida 2022 yilning may oyida işlab çiqarilgan yengil avtomobillar soni quyidagiça:

  • “Cobalt” - 10 226 dona;
  • “Lacetti-Gentra” - 9 076 dona;
  • “Damas” - 6 057 dona;  
  • “Spark” - 1 708 dona;
  • “Nexia T-250” - 2 169 dona; 
  • maxsus yengil avtomobillar - 2 067 dona.