Avtomobil sotib oliş madaniyati: zamonaviy bozorning tuzoqlari
|22:00 / 21.06.202213 00612 min
Avto-bloger Alişer Ismailov özining sahifasida avtomobil bozoridagi hozirgi vaziyat va bunga yarimötkazgiçlar inqirozining ta’siri haqidagi fikrlari bilan bölişdi.
Foto: APFoto: AP
Hozirgi zamonda deyarli har bir kişi intensiv ritmda yaşaydi. Har kuni biz oiladagi, işdagi va şaxsiy işlardagi masalalarni hal qilişga majbur bölamiz. Ba’zi vaziyatlarda avtomobilsiz hamma işga ulgurişni tasavvur ham qila olmaymiz. Şu munosabat bilan, biz mamlakatimiz yöllarida temir ot egalarining soni tez ösayotganini kuzatişimiz mumkin. Hozirgi 2022 yilda maşina sotib oliş juda oddiy iş bölib tuyuladi, şunçaki ma’lum miqdorda pul töplab, avtosalonga keliş va maşina sotib oliş kifoya. Biroq zamonaviy bozorning haqiqatlari bu jarayonni nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda muşkullaştirmoqda. Bugun biz obunaçilar bilan birgalikda yarimötkazgiç inqirozi avtomobillar tanqisligini qanday hosil qilgani va ekspertlar yaqin yillar uçun qanday prognozlarni berayotgani masalalarini körib çiqamiz.
Yarimötkazgiç inqirozining avtomobil sanoatiga ta’siri
Yarimötkazgiçlar inqirozi haqida deyarli har birimiz tobora köp eşitmoqdamiz, inqiroz natijasida butun dunyo böylab avtomobil tanqisligi boşlandi, maişiy texnika narxlari oşdi va hatto ba’zi mobil telefonlar çeklangan miqdorda işlab çiqarilmoqda.
Yarimötkazgiçlar nima?
Information Technology jurnaliga köra, yarimötkazgiç – bu kristalli material. Elektr energiyani metall kabi yaxşi ötkazmasa-da, lekin köp izolyatorlarga nisbatan ötkazuvçanligi kuçliroq. Bu material çiplar, protsessorlar va boşqa elektron boşqaruv elementlarini işlab çiqarişda asosiy xomaşyo sanaladi.
Yarimötkazgiçlarni işlab çiqariş – 9 bosqiçda bajariladigan murakkab texnologik jarayon.
Nima uçun yarimötkazgiçlar yetarli emas?
SOVID-19 koronavirusi pandemiyasi paytida texnika va avtomobil işlab çiqaruvçilar oğir vaziyatga tuşib qolişdi: ular izolyatsiya paytida iste’molçilar yangi narsalarni xarid qiliş emas, birinçi navbatda soğliğiga e’tibor qaratişadi, degan fikrda bölgan. Bundan taşqari, global çeklovlar tufayli zavodlar avvalgidek işlay olmadi va işlab çiqariş sonini sezilarli darajada qisqartirdi. Şu munosabat bilan, avtomobil gigantlarining aksariyati yarimötkazgiçlarni yetkazib berişdan voz keçişdi va şu sababli buyurtma hajmlari tuşib ketdi. Elektronika işlab çiqaruvçilari bilan ham xuddi şunday voqea yuz berdi. Ta’kidlaş joizki, bugungi kunda dunyoda faqat bir neçta mamlakatlar yarimötkazgiçlarni sanoat miqyosida işlab çiqarmoqda, bu: Xitoy, Tayvan va AQŞ. Tarix taqozosi bilan yuqori texnologik işlab çiqariş jarayoni Xitoy va Tayvanga köçirildi, buning sababi, eng maqbul qulay ekologik qonunlar va arzon işlab çiqariş narxlari edi. AQŞ mamlakatning içki manfaatlari himoyasi nuqtai nazaridan zavodni tark etdi.
Biroq COVID-19 pandemiyasi mobaynida xaridorlarning xatti-harakati taxmin qilingan narsalarga mutlaqo zid edi. Uy şaroitida odamlar masofaviy iş şakliga ötişdi, ularning noutbuklarga, statsionar kompyuterlarga va smartfonlarga ehtiyoji oşdi. Bundan taşqari, ayrim mamlakatlar karantin çeklovlarini yengillaştirganidan söng, xaridorlar darhol avtosalonlarga avtoulov xarid qiliş uçun bordilar. Avtomobillarni xarid qilişga bölgan talab keskin oşdi, lekin işlab çiqaruvçilar mahsulot işlab çiqariş sonini kamaytirgan edi. Kompaniyalarning köp miqdordagi yarimötkazgiçlarga ehtiyoji kuçli edi, ammo öz navbatlarini yöqotişganligi sababli, buyurtmalar yetkazib beriş muddati sezilarli darajada surilib ketdi va çiplarga talab ortgani tufayli, fabrikalarda işlab çiqariş keskin oşirilganiga qaramay, yetarli darajada mahsulot işlab çiqarişga ulgurişmagan edi. Lexus, Hyundai, Kia, Toyota 2020 yilda öz mijozlariga rasmiy ravişda avtomobillarni öz vaqtida yetkazib bera olmasligini e’lon qildi, ammo bu faqat boşlanişi edi.
2021 yilda tabiiy ofatlar ketma-ketligi yarimötkazgiçlar işlab çiqariş töliq töxtatilişiga olib keldi. Şunday qilib, Tayvanda qurğoqçilik yuz berdi, yarimötkazgiçlarni işlab çiqariş uçun esa köp suv sarfi talab qilinadi.
NXP kompaniyasi ğayritabiiy sovuq va elektr energiyasi yöqligi tufayli Texasning Ostin şahridagi zavod faoliyatini töxtatişga majbur böldi
AQŞda vaziyat yaxşi emas edi, Texas ştatida, Amerika zavodi joylaşgan hududda elektr energiyasining uzilişini keltirib çiqargan ğayritabiiy sovuqlar yuz berdi. Elektr ta’minotini bir neça hafta mobaynida tiklaşning iloji bölmadi. Faqat Xitoy zavodi iş faoliyatini töxtatmagan edi, lekin birinçidan, bitta zavod barça jahon işlab çiqaruvçilarini yetarli hajmda ta’minlay olmas edi, ikkinçidan, Xitoy xalq Respublikasi hukumati birinçi navbatda yarimötkazgiçlar bilan mahalliy avtomobil va uskunalar işlab çiqaruvçilarni ta’minlaşga qaror qildi.
Avtomobil bozoridagi hozirgi vaziyat
Bugungi kunda deyarli barça mamlakatlarda avtomobillar yetişmovçiligi mavjud, ba’zi avtosalonlarda avtomobillar qolmagan bölsa, ba’zilarida esa avtomobil dilerlari narxlarni sezilarli darajada oşirgan. Işlab çiqaruvçilar qanday qarorga keldi? Har bir kompaniya yarimötkazgiç yetişmovçiligi muammosini vaziyatdan kelib çiqib hal qiladi. Avtomobil kompaniyalari işlab çiqariş liniyasini töxtatiş katta yöqotişlarga olib kelişi mumkinligini tuşunadi, şuning uçun ular ma’lum bir jihozlarsiz avtomobillarni işlab çiqarişni davom ettirmoqda. Misol uçun, Tesla örindiqni elektron moslaştiriş sozlamalaridan voz keçdi. Jeep, Dodge va RAM endi köriş qiyin bölgan joylarni kuzatiş tizimlari bilan jihozlanmaydilar. Umuman olganda, işlab çiqaruvçilar öz avtomobillarining komplektatsiyasini soddalaştirişga majbur.
Yana bir qaror Amerikaning Ford kompaniyasi tomonidan qabul qilindi, u avtomobil işlab çiqarişni davom ettirdi, lekin avtomobillar maxsus turargohlarga joylaştirilmoqda, çunki ular avtomobildan foydalaniş uçun zarur bölgan ayrim uskunalar bilan jihozlanmagan. Işlab çiqaruvçi çiplarni olgaç, ularni tayyor maşinalarga örnatişadi. 2021 yil dekabr oyida, Amerika ştatlarida kamida 7000ta Ford F150 pikapi jamlandi va bu allaqaçondan beri kompaniya uçun muammo bölib qolmoqda, çunki maşinalarni saqlaş uçun yetarli joy mavjud emas. Işlab çiqariş liniyasini töxtatiş esa köplab iş örinlarning qisqarişiga olib keladi va şu jihatdan katta yöqotişlarga sabab böladi.
Amerikadagi General Motors boşqa uslubni qölladi. Kompaniya Chevrolet Malibu modelining marjinalligi Chevrolet Tahoe va Chevrolet Silveradödan kamroq ekanligini tahlil qildi va sedandan yöltanlamas va pikaplarga multimediani örnatişga qaror qildi.
Yana bir uslubni Germaniyaning Mercedes-Benz kompaniyasi qölladi, ular sodda va arzon jihozlangan avtomodellarning sotuvini töxtatdilar va xaridorlarga qimmatbaho modellarni taklif qildilar, şu bilan yarimötkazgiçlardan kam daromad keltiradigan modellardan premium nomlarga yönaltirdilar. Volkswagen ham raqobatçilaridan past kelmadi va kompaniya elektrokarlar ustuvorligini birinçi öringa qöydi. Buning sababi ekologik trend bölgani uçun emas, bunday modellar çeklangan jihozlarga ega bölganiga qaramay juda katta daromad olib keladi.
Bunday yeçimlar bilan ham, barça avtomobil işlab çiqaruvçilari çiplar soni talabni qondiriş uçun yetarli emasligini ta’kidlaydilar. 2022 yilda global bozorlarga çiqariladigan deyarli har qanday yangi model darhol tanqis bölib qolmoqda. Uşbu holat bozor narxlariga ta’sir qilişi aniq. Agar ba’zi MDH mamlakatlarining avtomobil bozorlaridagi narxlarni körib çiqsak, avtomobil narxlari keskin oşganligini köriş mumkin. Misol uçun, qöşni Qozoğiston Respublikasida Skoda va Hyundai kabi turli xil xorijiy avtomobillarni yiğadigan bir neçta zavod mavjud bölsa-da, avtosalonlarda avtomobillar va hattoki ularning narxlari yöq.
The Verge Amerika naşriga köra, faqat 2022 yil aprel oyida AQŞ iste’molçilari kamomad tufayli sotib olinayotgan avtomobillar uçun örtaça 8 foizdan 15 foizgaça qayta tölov qilişgan. Bunday statistika deyarli barça mamlakatlarda kuzatiladi. Yuqori talab tufayli fabrikalar mikroçiplarning yetişmasligi sababli kerakli miqdordagi avtomobillarni işlab çiqarişga qodir emas.
Xavotirli başoratlar
Butun dunyo yarimötkazgiçlarning yetişmasligidan aziyat çekmoqda, bu esa zavodlarni quriş va talabni qondirişga tösqinlik qiladimi? Muammo şundaki, bunday yeçim katta sarmoya va quriliş uçun yetarliça uzoq vaqtni, ya’ni taxminan 1-2 yilni talab qiladi. Investorlar öz mablağlarini tikib tavakkal qilişni istaşmaydi, çunki bu muddat içida vaziyat özgarib, ularning zavodlari daromad olib kelmasligi mumkin. Şuning uçun avtomobilsozlik sohasidagi prognozlar juda salbiy. Yarimötkazgiçlarning inqirozi kamida bir yil davom etadi va biz iste’molçilar sifatida avtomobillar va uskunalar yetişmasligida yaşaşimiz kerak.
Özbekiston bozorini qanday kelajak kutmoqda?
Ma’lumki, Özbekistonda asosiy yengil avtomobil işlab çiqaruvçi UzAuto Motors hisoblanadi. Sönggi yillar mobaynida kompaniya sezilarli darajada ösdi va iste’molçiga nisbatan şaffofroq böldi: köp yillik navbatlar yöqoldi, trade-in dasturlari paydo böldi, avtomobil kutiş muddatlarini kuzatiş imkoniyati yaratildi. Biroq ma’lum iste’molçilar guruhi hozir baribir avtosalonga murojaat qilgan kunning özida ayrim modellarni xarid qilib bölmasligi, çunki ular sotuvda yöqligi borasida e’tiroz bildirişi mumkin. Bundan taşqari, ijtimoiy tarmoqlarda UzAuto Motors mablağlarni tejaş maqsadida avtomobillarni magnitolasiz va\yoki örindiqlar isitiş tizimisiz çiqarayotgani haqida fikrlar aylanmoqda. Mazkur qaraş butkul notöğri, çunki bugungi kunda UzAuto Motors operatsion işi yetarli darajada samarali yölga qöyilgan va işlab çiqaruvçi avtomobillarni tezlikda yiğiş va ularni iste’molçiga sotişdan xursand bölar edi, biroq aynan yarimötkazgiçlar taqçilligi avtomobil yetkazib berişni qiyinlaştirmoqda. Unutmaslik kerakki, hatto eng oddiy avtomobil ham yuzlab mikroçiplarni talab qiladi. Agar ikki-uç oydan iborat Chevrolet Gentra’ni kutiş muddatlari bilan, deylik, yillar davomida kutiladigan Toyota Land Cruiser 300 bilan soliştiradigan bölsak, UzAutödagilar öz işini bilib qilayotgani yaqqol namoyon böladi. Özbekistondagi odamlar Toyota brendiga nisbatan biroz yon bosuvçi qaraşga ega bölsa-da, bizning qiyoslaşimizdan mahalliy işlab çiqaruvçi mazkur vaziyatda yuzaga kelişi mumkin bölgan muammolarni imkon qadar çetlab ötayotgani körinmoqda.
Afsuski, yaqinda dunyodagi noqulay siyosiy vaziyat tufayli Rossiyaning pölat işlab çiqaruvçilariga qarşi sanksiyalar qöllangani haqida xabarlar yetib keldi. Ular UzAuto avtomobil işlab çiqarişi uçun xomaşyo yetkazib beruvçilardan biri hisoblanar edi. Biroq bu xabarga qaramasdan, kompaniya muqobil hamkorlar bilan aloqa örnatiş va işlab çiqariş jarayonlariga ta’sirni kamaytiriş uçun faol çora körmoqda.
Şuni anglaşimiz muhimki, UzAuto bugungi kunda «an’anaviy tipdagi korporatsiya» emas, aksinça öz iste’molçilarini tinglaydigan, modellar qatorini doimiy ravişda takomillaştirib boruvçi va bozorga zamonaviy elektromobillarni çiqariş imkoniyatlarini örganib kelayotgan zamonaviy va yetarli darajada moslaşuvçan kompaniyaga aylandi.
Maqola muallifi: avto-bloger AVTOgraf va avtoekspert Alişer Ismailov.
(Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin).