18:50 / 07.07.2022
9350
Birinchi yarim yillikda budjetga tushgan soliq tushumlari miqdori ma’lum qilindi
Foto: Fotolia

Davlat soliq qo‘mitasi soliq xizmati organlari tomonidan budjetga tushirilgan tushumlarni e’lon qildi

Qayd etilishicha, joriy yilning birinchi yarmida soliq tushumlari 71 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga (61,4 trln so‘m) nisbatan 15,7 foizga o‘sgan.

“Soliq to‘lovchilarga soliq yukining pasaytirilishi hisobiga soliq bazasining kengayishi hamda soliq ma’muriyatchiligi takomillashtirilishi, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlari iqtisodiy faolligining ortishi soliq organlari nazoratidagi tushumlar o‘sishini ta’minladi”, deyiladi DSQ xabarida.

O‘sish sur’ati eng yuqori bo‘lgan hududlar – TOP-5:

1. Toshkent shahri - 43,5 foiz (9,9 trln so‘m);

2. Farg‘ona viloyati - 39,1 foiz (2 trln so‘m);

3. Samarqand viloyati - 36,1 foiz (1,9 trln so‘m);

4. Buxoro viloyati - 35,7 foiz (1,5 trln so‘m);

5. Surxondaryo viloyati - 34,1 foiz (1,2 trln so‘m).

Top