7 iyul kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi ökazildi.

Unda «Soliq va bojxona qonunçiligi, şuningdek, soliq va bojxona imtiyozlarining qöllanilişini takomillaştirişga qaratilgan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi birinçi öqişda konseptual jihatdan körib çiqildi. 

Loyihaga köra, mobil aloqa xizmatlari uçun aksiz soliği stavkasi 15 foizdan 10 foizga tuşirilişi, nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning oyiga 3 million sömgaça bölgan tölovlari daromad soliğidan ozod etilişi rejalaştirilmoqda.

Şuningdek, xizmatlar sohasini rivojlantiriş uçun soliq imtiyozlari berilişi va alohida soliq rejimi joriy etilişi kutilmoqda.