Bu haqda politsiyadagi manbalarga tayanib Kyodo xabar bermoqda.
Avvalroq, qotillikda gumonlanuvçi şaxs Abe siyosatidan norozi ekani aytilgan edi.
Qayd qilinişiça, Tetsuya Yamagamining onasi diniy tariqat guruhiga katta miqdorda pul ötkazgan. Bu esa öğliga yoqmagan. Qasos sifatida u dastlab tariqat yetakçisini yöq qilişga tayyorlangan. Biroq, keyinçalik uşbu diniy uyuşmani göyo mamlakatda tarğib qilgan Sindzo Abeni öldirişga qaror qilgan. Uşbu versiyani tergov organlaridagi manbalarga tayangan holda Kyodo naşri keltirmoqda.
AP xabariga köra, qölga olingan şaxs politsiyaning savollariga xotirjam javob bergan. Şuningdek, agentlik Yamagami sobiq boş vazirning qandaydir taşkilot bilan aloqasi borligiga işongani uçun suiqasdni rejalaştirganini ta’kidlaydi. Bu qanday taşkilot ekani haqida politsiya ma’lumot bermagan.
Yamagami Abe gapirgan joyga bir neça marta borgan. U yapon siyosatçisini qölbola quroldan öqqa tutgan. Gumonlanuvçi sobiq harbiy bölib, 2005 yilgaça Yaponiya dengiz mudofaa kuçlarida xizmat qilgan.
Dastlab, qotillik siyosat tufayli sodir bölgan, Tetsuya Yamagami Sindzo Abening avvalgi qarorlari va hozirgi faoliyatidan norozi ekani taxmin qilingandi.
OAV va mulozimlar diniy tariqat nomi haqida xabar bermayapti. Biroq, Abening Nippon Kaigi taşkilotiga a’zo bölgani ma’lum. Vikipediya uni «eng katta, öng ğoyalarni tarğib qiluvçi, ultrakonservativ, ultramillatçi va reaksion nodavlat taşkiloti» deb ataydi.
Daily Beast tabloidining yozişiça, Nippon Kaigi – sintoizmni tarğib qiluvçi, öta öng ğoyalarni tarğib qiluvçi taşkilot bölib, köplab nufuzli yaponiyaliklar unga a’zo.












