Qamoqdagi inson borki ozodlikka çiqiş haqida öylaydi. Aksariyat mahkumlar öz muddatini ötab yoki afvga munosib körilib erkinlikka erişsalar, ayrimlari juda antiqa usullarni qöllab, qoçib ketişning uddasidan çiqadi. Zindonlar paydo bölibdiki, ulardan qoçuvçilar ham paydo bölgan. Qamoqxonalar takomillaştirilgani sari mahkumlar ham ulardan qoçişning yangi-yangi usullarini topaveradilar. Amerikalik kinoijodkorlar tomonidan yaratilgan “Panjara ortida” (“Pobeg”) serialining olamşumul şuhrat qozonişi ham bejiz emas. Albatta, qoçiş sahnasi tasvirlangan filmlar juda köp va ularda turli-tuman usullar körsatilgan. Biroq qamoqxonalar ham anoyi emas, şu bois hayotda u qadar noodatiy qoçişlar kam iş beradi.

Ma’lumot örnida: Mahkum – aybi isbotlangan, sud hukmi bilan ma’lum jazo tayin qilingan şaxs. Mahbus – hibsga olingan, hali tergov jarayonida saqlanayotgan şaxs.

Turkiyadan qoçiş

Amerikalik Billi Xeyyes Turkiyada narkotik moddalar bilan qölga tuşadi va panjara ortiga ravona böladi. Uning qamoqdan qoçişi unça qiziqmas. Lekin turmadan qutulib, Turkiya çegaralarini tark etişi haqiqiy triller. U har kuni soçini har xil rangga böyab köçaga çiqadi va şu yöl bilan izquvarlarni çalğitadi. Hamma uning mamlakatdan çiqib ketişga urinişini yaxşi bilardi va çegaralarga e’tibor qaratiladi. Ammo Xeyyes dastlabki bir neça kunni ataylab kutişda ötkazadi va nazorat susayişi bilan qayiqqa tuşib dengiz orqali Gretsiya sari yöl oladi. Töfonlarda qolib ketsa-da, soğ-salomat qirğoqqa çiqadi va AQŞga jönaydi.

Turkiya jinoyatçini qaytarişni talab qiladi, ammo AQŞ bunga könmaydi va Billi Xeyyes xotirjam hayot keçiraveradi. Voqeaning eng e’tiborli jihati Billi özining qoçişi tafsilotlariga bağişlab kitob yozadi hamda maşhurlikka erişadi. Kitob asosida “Yarim tundagi ekspress” filmi işlanadi va bu kinoasar ham şuhrat qozonadi.

Vetnam dahşati

Zamonaviy dunyo tarixidagi eng qonli uruşlardan biri AQŞ-Vetnam uruşidir. Umuman mantiqsiz va aniq maqsadsiz bu uruşga AQŞning juda katta resursi sarflangan hamda köp qurbonlar berilgan. AQŞ askari uçun vetnamliklar qöliga asir tuşiş haqiqiy dahşatning özginasi edi. Çunki qiynoqlar şu darajada oğir, tutqunlikdan qoçib ketiş esa mutlaqo ilojsiz bölgan.

Amerikalik uçuvçi Diter Dengler ozodlikda ham turli qulflarni, kişanlarni oçişda mohir edi. 1966 yilda uning samolyoti urib tuşirilib, özi asirga olinganida mana şu hunari iş beradi. U özi va bir neça döstini qiynab turgan qandala va kişanlarni amallab yeçişning uddasidan çiqadi. Jami 7 kişi bölgan amerikalik askarlar soqçilarning qurollarini öğirlab jungliga qoçişadi. Ozodlik yangi sinovlarni tayyorlab turgan edi. Ular 23 kun davomida tropik örmonda kuçli jazirama, oçlik va gazandalar orasida qolib ketişadi. 7 nafar askardan 5 nafari azoblarda jon beradi, Dengler va bir dösti tirik qoladi. Ular amallab AQŞ bazasiga yetib borişadi va Vetnam qamoğidan qoçgan ilk askarlar sifatida tarixda qolişadi.