Voqealar rivoji 1971 yil 29 sentabr kunidan boşlangandi. Öşa kuni Soçi şahar militsiya bölimiga Ikkinçi jahon uruşining afsonaviy qahramoni, sobiq uçuvçi Grigoriy Kozlov murojaat qiladi.

U sanatoriyda dam olayotganida pidjagi va uning çöntagida bölgan Sovet ittifoqi qahramoni uçun beriladigan guvohnoma, Oltin yulduz medalining nusxasi, pasporti, aviaçiptasi hamda boşqa buyumlari yöqolganini ma’lum qiladi.

Kozlov militsiya xodimlariga haqiqiy Oltin yulduzni yöqotib qöyişdan xavotirlanib uyida saqlaşi, örniga bronzadan asliga öxşatib nusxasini tayyorlatib olganini aytadi.

Öğri uçuvçining pullariga tegmagandi. Militsiya bundan öğrini faqat tilla buyumlar qiziqtiradi, lekin u haqiqiy oltin medal bilan uning yasamasini ajrata oladigan darajada tajribali emas degan xulosaga keladi.

Aslida esa öğri medalni sotmoqçi emasdi. Uning maqsadi umuman boşqa bölgan. Öğri Sovet ittifoqi qahramoni medali va guvohnomasidan foydalanişni maqsad qilgandi.

Öşa paytlarda SSSRda sovet ittifoqi qahramonlari, ayniqsa ular Ikkinçi jahon uruşida qatnaşgan bölsa, umuman daxlsiz bölgan.

Öğrilar ularning narsalarini öğirlaşga jazm eta olmagan. Çunki agar qahramonlarning narsasi yöqolsa hamma oyoqqa turar va jinoyatçi albatta uşlanardi.

Soçidagi sanatoriyalardan biri, 1980-yillar

Biroq Kozlovni sanatoriyda tunab ketişibdi. Bu dovyurak öğri kim bölsa va u medal, guvohnoma hamda pasportni nega ömargan bölsa?!

Militsiya Kozlovni tunagan öğrini qidirar ekan, oradan bir oy ötib, Soçi şahar militsiyasiga yana bir odam murojaat qiladi.

Öğri bu safar sovet ittifoqi qahramoni Petr Ragozinning hujjatlari va Oltin yulduz medalini ömargandi.

Soçi şahar militsiyasi öğrini qidirar ekan, jinoyat-qidiruv bölimi 1969 yilda ham uruş faxriylaridan biri buyumlari, hujjatlari va medallari yöqolgani haqida xabar berganini eslaşadi. Öğri topilmagani uçun öşa “delo” hali ham “osilib” turgandi.

Oradan bir yil ötgaç, Moskvada öğri uşlanadi. U 72 yoşli qariya bölib çiqadi. Militsiya qölga olingan şaxsning ma’lumotlarini tekşirib körganda, u SSSRdagi eng aşaddiy jinoyatçilardan biri, öşa paytgaça bir neça bor qamalgan Ivan Petrov bölib çiqadi.