Prezident Şavkat Mirziyoyev boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistoniga yetib bordi.

Şahzoda Muhammad bin Abdulaziz nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Madina mintaqasi rahbarlari kutib oldi.

Taşrif Madina şahridan boşlandi. Ayni vaqtda Özbekiston delegatsiyasi korteji Masjidun Nabaviyga borgan.

Rejaga köra, prezident Şavkat Mirziyoyev Muhammaad sollallohu alayhi vasallam dafn etilgan Ravzai Muborakni ziyorat qilmoqda.

Ziyorat davomida prezidentga Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Holiqnazarov va hukumat vakillari hamrohlik qilmoqda.