O‘zbekiston | 17:00 / 18.08.2022
5247
4 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda elektr energiyasi ta’minoti: kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik

Foto: Buxoro hududiy elektr tarmoqlari

Bugungi kunda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan viloyatdagi 450 000 dan ortiq aholi va ulgurji iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berilmoqda. Kundan-kunga aholining turmush farovonligi yaxshilanib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolarning soni ortib borayotganligi sohada modernizatsiya va yangilash ishlarini olib borishni taqozo qilmoqda. Shu boisdan, jamiyat hisobidagi 0,4-6/110 kV kuchlanishdagi elektr uzatish tarmoqlari hamda elektr qurilmalarida bosqichma-bosqich yangilash va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. 

Foto: Buxoro hududiy elektr tarmoqlari
Foto: Buxoro hududiy elektr tarmoqlari

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 7 ta 35/110 kV podstansiyalardagi yuqori kuchlanishli transformatorlarning quvvati oshirilib, qo‘shimcha kuch transformatorlari o‘rnatildi. Jumladan, “Olotxona” 110/6 kV podstansiyasidagi quvvati 10 000 kVA bo‘lgan T-1 transformatori quvvati 25 000 kVA transformatorga, “Zarafshon” 35/6 kV podstansiyasidagi quvvati 4 000 kVA bo‘lgan T-1 transformatori quvvati 10 000 kVA transformatorga, “Ogahiy” 35/10 kV podstansiyasidagi quvvati 4 000 kVA bo‘lgan T-1 transformatori quvvati 6 300 kVA transformatorga, “Chorbakr” 35/10 kV podstansiyasidagi quvvati 2 500 kVA bo‘lgan T-2 transformatori quvvati 4 000 kVA transformatorga almashtirildi va “To‘qimachi” 35/10 kV podstansiyasida quvvati 4 000 kVA, “T.Sattorov” 35/10 kV podstansiyasida 1 600 kVA, “Zirabod” 35/6 kV podstansiyasida quvvati quvvati 10 000 kVA bo‘lgan qo‘shimcha kuch transformatorlari o‘rnatildi.

Bundan tashqari, 5 dona podstansiyalar mukammal ta’mirlandi. Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, mavsumni betalafot o‘tkazish maqsadida past kuchlanishdagi elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlarida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Tarmoqlar navbatdan tashqari ko‘rikdan o‘tkazilib, simlar qayta tekshiruvdan o‘tkazildi.

Foto: Buxoro hududiy elektr tarmoqlari
Foto: Buxoro hududiy elektr tarmoqlari

Iste’molchilarga yanada sifatli va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish uchun hududlarda amalga oshirilayotgan “Obod mahalla” va “Obod qishloq” dasturlari hamda “Og‘ir hududlar”da keng ko‘lamli qurilish va montaj ishlari olib borilmoqda. Hozirgi kunga qadar 20 dona yangi transformator punktlari o‘rnatilib, 6000 donaga yaqin mustahkam temir-beton tayanchlar o‘rnatildi, 120 km uzunlikdagi 0,4-6/110 kV elektr uzatish tarmog‘i tortildi.

Xo‘sh, mukammal va joriy ta’mirdan chiqarilishi lozim bo‘lgan elektr qurilmalari hamda modernizatsiya va yangilash ishlari amalga oshirilishi lozim bo‘lgan hududlar ro‘yxati qanday shakllantiriladi?

Foto: Buxoro hududiy elektr tarmoqlari

Ma’lumki, butun respublikamiz bo‘ylab “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan” tizimi joriy qilindi. Shuni alohida ta’kidb o‘tish kerakki, ushbu tizim birinchilardan bo‘lib Buxoro viloyatida ishga tushirildi. Mazkur tizim hududlarda yuklama bilan ishlab turgan elektr qurilmalari haqida axborot olish imkoniyatini taqdim etmoqda. Ushbu ma’lumotlar asosida kelgusida amalga oshiriladigan modernizatsiya va yangilash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ matbuot xizmatiⓉ