2022 yil 18 avgust kuni Toşkent şahrining Yunusobod tumanida kuydirgi kasalligi aniqlangani ma’lum qilingan edi.

Sanepidxizmat matbuot xizmati xabariga köra, Toşkentda joriy yil 1-20 avgust kunlari kuydirgi kasalligi tabiiy öçoqlaridan kelib çiqişi va tarqalişi oldini oliş mavzusida körgazmali maxsus-taktik öquv maşqi ötkaziş rejalaştirilgan. 

Qayd etilişiça, 2022 yil 16 avgust kuni SEO va JSX Toşkent şahar boşqarmasi va tuman bölimlari, Toşkent şahar FVB, Toşkent şahar SSBB, şahar veterinariya boşqarmasi bilan hamkorlikda Uçtepa tumani 26-sonli oilaviy poliklinika qoşida Toşkent şahar DPM tibbiyot xodimlari va sanitariya epidemiologiya xizmati mutaxassislaring kuydirgi kasalligi böyiça bilim saviyasi va amaliy könikmalarini oşiriş maqsadida körgazmali maxsus taktik öquv maşqi ötkazilgan. 

18 avgust kuni “Yoşlar” telekanali “Yangi davr” informatsion dasturida uşbu taktik-öquv maşqi yuzasidan lavha namoyiş etilgan. Lavhada soha mutaxassisi tomonidan berilgan intervyuda kuydirgi kasalligi oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar va şahardagi epidemik vaziyat yuzasidan ma’lumot berilgan.    

“Mazkur ma’lumot öquv-taktik maşğulot uçun berilganligini, joriy yilda Toşkent şahrida kuydirgi kasalligi qayd etilmaganligini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.