Özbekistondagi 6 ta issiqlik elektr stansiyasiga egalik qiluvçi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ xususiylaştiriladi. Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xususiylaştiriş strategiyasini işlab çiqiş uçun professional konsalting kompaniyasini jalb qiliş töğrisida e’lon berdi.
Mahalliy va xorijiy talabgorlar bir oy içida, 20 sentabr kuni soat 18:00 ga qadar ariza berişi mumkin.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tarkibiga 6 ta issiqlik elektr stansiyasi, 3 ta issiqlik elektr markazi va soha korxonalariga xizmat körsatuvçi 3 ta taşkilot kiradi.
Tizim korxonalari 2021 yilda 60,5 mlrd kVt.soat elektr energiyasi va 5,6 mln Gkal issiqlik energiyasi işlab çiqargan. Bu körsatkiç 2022 yilda 55,9 mlrd kVt.soat va 5,1 mln Gkal bölişi közda tutilgan.
2021 yil yakuniga köra kompaniya 360,1 mlrd söm miqdoridagi sof foydaga, şuningdek 13,2 trln söm miqdoridagi ustav kapitaliga ega.
Davlat aktivlarini boşqariş agentligi “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MÇJ (Uzcard tölov tizimi)dagi davlat uluşini sotiş jarayoni haqida ham ma’lumot berdi.
Kompaniya ustav kapitalidagi 5 ta davlat bankining jami 75,0 foiz uluşi agentlikka ötkazilgan va bu uluş töliq sotiladi. Ayni paytga kelib, mustaqil baholovçi taşkilot davlat uluşini baholab bölgan va uning hisoboti haqqoniy ekani ekspertizadan ötkazilgan.
Qonunga köra, MÇJ iştirokçilaridan birortasi öz uluşini sotayotgan bölsa, bu uluşni sotib olişda jamiyat iştirokçilari uçinçi şaxslar oldida imtiyozli huquqdan foydalanadi. Şunga köra, agentlik davlat uluşini sotib olişda imtiyozli huquqdan foydalanişi mumkinligi töğrisida jamiyatning qolgan iştirokçilarini hamda jamiyatning özini xabardor qilgan.
Boşqa ta’sisçilar sotib olişdagi imtiyozli huquqdan foydalanmasa, bu aktivlar belgilangan tartibda ommaviy savdoga çiqariladi.
Avvalroq Davlat aktivlarini boşqariş agentligi Uzbekistan Airways'ni xususiylaştiriş strategiyasini işlab çiqiş uçun professional konsalting kompaniyasini jalb qiliş töğrisida
















