Nemis konserni bölgan thyssenkrupp kon departamentining tantanali oçiliş marosimida Germaniyaning Toşkentdagi Favqulodda va muxtor elçisi Tilo Klinner, thyssenkrupp Mining Teçnologies'ning Germaniya va MDHdagi hamkorlari hamda vakillari iştirok etdi. 

thssenkrupp Mining Technologies toğ-kon sanoati uçun uzluksiz qazib oliş, maydalaş, yer ustida taşiş, zaxiralarni yiğiş va pirometallurgiya uskunalarini loyihalaş işlari böyiça dunyoda tan olingan yetakçi hisoblanadi. Bugungi kunda dunyoga 17 500dan ortiq qurilma va jihozlarni yetkazib bergan.

Oçiliş marosimining avvalida Elçi doktor Tilo Klinner va thyssenkrupp Mining Teçnologies'ning Yevropa va Osiyodagi vitse-prezidenti doktor Reza Purvaş ramziy qizil lentalarni kesişdi hamda kiriş nutqini sözlaşdi.

Foto: thyssenkrupp Mining Technologies GmbH

Doktor Reza Purvaş öz çiqişida “Özbekistondagi toğ-kon sanoatini rivojlantiriş va mahalliy quvvatlardan foydalaniş, xususan, mahalliy material va xizmatlar yetkazib beruvçilarni kerakli infrastrukturalar bilan ta’minlaş, toğ-kon sanoati sohasida jahon darajasidagi natijalarga erişişda özaro manfaatli aloqalar va uzoq muddatli loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oşiriş kabilarning guvohimiz”, deya ta’kidlab ötdi.

“Özbekistonda amalga oşirilayotgan loyihalar misolida nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy natijalar, balki barqaror rivojlanişga ham erişilganini körişimiz mumkin. Jumladan, Özbekistonda temir rudasi loyihasida jahonda birinçi marta amalga oşirilayotgan 4 dona hajmdagi silliqlaş sohasidagi muhandislik nou-xau - innovatsion vertikal tegirmon Veliks esa uzoq vaqt davomida butun dunyo böylab mijozlar uçun xizmat qiladi”, - deydi thyssenkrupp Mining Teçnologies'ning MDH böyiça hududiy direktori janob Roman Karl.

Foto: thyssenkrupp Mining Technologies GmbH

Jurnalistlar bilan muloqot davomida janob Roman Karl Özbekistonda yangi iş örinlarini yaratiş masalasiga ham töxtalib ötdi. 

“Biz jamoamizni yanada kengaytirmoqçimiz. Bugungi kunda 3 nafar xodimimiz bor, ammo işonamanki, yaqin kelajakda ular sonini 15-20 nafarga yetkazamiz. Barça mutaxassislarimiz mahalliy aholi vakillari. Kompaniyaning MDH mamlakatlaridagi muassasasi tajribasini inobatga olgan holda şuni ta’kidlaş joizki, mahalliy xizmat körsatuvçi muhandislar öz tajribasi bilan bölişiş va Yevropa standartlari böyiça uskunalarga texnik xizmat körsatiş darajasiga yetgan. Bu körsatkiçlarga Germaniyadan kelgan muhandislar bilan tajriba almaşiş va yaqin hamkorlik orqali erişildi”, - deydi u.