James Webb koinot teleskopi olgan suratda Yupiterni örab olgan böronlar, halqalar aniq körinib turibdi. Buni astronomlar “aql bovar qilmaydigan”deb baholaşdi, deb yozmoqda BBC.

Sayyora xususiyatlarini ajratib körsatiş uçun infraqizil tasvirlar sun’iy rangga böyalgan. Çunki inson infraqizil ranglarni köriş qobiliyatiga ega emas.

“Biz ilgari Yupiterning bunday tasvirini körmaganmiz. U butunlay aql bovar qilmas”, – degan loyiha iştirokçilairdan biri Kaliforniya universiteti astronom Imke de Pater.

Tasvir teleskop olgan bir neça suratning kompozitsiyasidan tayyorlangan. Sayyoraning janubiy va şimoiy qutblarida Quyoş yoruğligi aks etgan.

Ma’lumot uçun, James Webb koinot teleskopi 2021 yil dekabr oyida işga tuşirilgan va Yerdan 1,6 million km uzoqlikda joylaşgan. Loyiha 10 milliard dollarlik bölib, u NASA, Yevropa va Kanada kosmik agentliklari hamkorligida yuritiladi.

U 13 milliard yil oldin Yer tomon harakatlana boşlagan yoruğlikni aniqlay oladi. Maşhur Hubble teleskopining vorisi, deb ataladigan James Webb kelgusi 20 yilda fazoviy kaşfiyotlarning asosi bölişi kutilmoqda.