Samsung buklama planşetlar işlab çiqarişda muammolarga duç kelmoqda, deb xabar berdi The Elec naşri.
Naşr manbalarining sözlariga köra, kompaniya hozirda Galaxy Z Fold va Galaxy Z Flip buklama smartfonlarini işlab çiqarişda ultrayupqa şişadan (UTG) foydalanadi, ammo u katta ekranli qurilmalar uçun mos kelmaydi.
Mutaxassislarning qayd etişiça, OLED-displeyli buklama planşet va noutbuklarda UTG taşqi ta’sirlarga doş berolmaydi.
Buklama smartfonlar ekrani diagonali 7-8 dyuymni taşkil etadi, planşet va noutbuklar displeyi esa 10-20 dyuymga teng. Şu bois Samsung injyenerlari yangi material qidirişiga töğri keladi.
Insayderlarning bildirişiça, kompaniya şaffof poliimid plyonkadan foydalanişi mumkin. Samsung 2019 yilda çiqarilgan dastlabki Galaxy Fold smartfonida uşbu materialdan foydalangan, keyinçalik undan voz keçgandi.











